Hizbut Tahrirning Suriyadagi matbuot bo’limi

338
0

01

«Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o’tgan (imon-e’tiqodli) zotlarni xalifa qilganidek ularni ham er yuzida xalifa qilishni va ular uchun O’zi rozi bo’lgan (Islom) dinini g’olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so’ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo’yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular itoatsiz kimsalardir» [Nur 55]

Matbuot bayonoti

Qanday qilib jinoyatchilar bilan dialog qilasiz?

Suriya milliy koalitsiyasi «Jeneva-2»ga borishga, qonxo’r Asad delegatlari va bizning qirg’in qilinishimizni qo’llab-quvvatlagan davlatlar vakillari bilan birga o’tirishga qanday jur’at qilishdi

Bu qilmishlari naqadar yomon!

9 noyabr kuni «Arabiya» telekanali «Frans Press» agentligidan olib tarqatgan xabarga ko’ra, muxolafatdagi Suriya milliy koalitsiyasi «Konferentsiyaning birdan-bir g’amxo’ri BMT», deb qattiq ishongan holda «Jeneva-2» konferentsiyasida ishtirok etish uchun BMTning rasmiy chaqirig’ini kutmoqda. Koalitsiya rasmiy notig’i Xolid Solih Istanbulda o’tkazilgan matbuot konferentsiyasida: «Biz Suriya xalqi talablarini ro’yobga chiqaradigan har qanday siyosiy amaliyotga kirishishga tayyormiz», dedi. Samir Nashshorning ta’kidlashicha, koalitsiya etakchilari Amerika elchisi Robert Ford bilan uchrashib, «Jeneva-2» konferentsiyasi bilan bog’liq barcha vaziyatlar haqida uzoq vaqt munozara olib borishgan hamda elchidan Asad taqdiri yoki konferentsiya bo’lib o’tadigan bo’lsa, Eronning undagi roli to’g’risida hech qanday kafolatlar olishmagan. Suriya axborot vaziri fosiq Imron Za’biy esa: «Jenevaga hokimiyatni topshirish uchun hargiz bormaymiz», dedi.

Ey sabrli musulmonlar, ey Shom qo’zg’oloni ahli, ey «u Alloh uchun, u Alloh uchun», deya jang qilganlar!

Nahotki, shular sizning vakillaringiz?! Ular Allohning dushmanlari bilan yig’ilishyapti, Qatar vaziri Amerika elchisi bilan yig’ilyapti… Yana: biz faqat Asad va uning rejimini ag’darish niyatida shunday qilyapmiz, deb iddio qilishyapti. Gaplari g’irt yolg’on. Hali ular bir oz vaqt o’tgandan keyin: biz yolg’on va’dalardan boshqa narsaga erisholmasligimizni bilganimizda edi, yig’ilishga bormasdik, deb iddio qilishadi! Ular sizning masalangizni BMT qo’liga topshirish orqali otalaringiz, farzandlaringiz, aka-ukalaringiz, ahli-oilalaringizdan iborat shahidlar qonlarini sotishga rozi bo’lishgani uchun borishyapti. BMT esa musulmonlar va ularning yurtlari ustidagi fitna ini bo’lib, u erda Amerika, Rossiya va Xitoy… «veto»si hukmron. Ular boshlari kundaga qo’yilib, bolta ko’tarilganda: biz mast bo’lib bundan batamom g’aflatda edik, deyishadi. Yo’q, aslo. Senlar jinoyatkor qavmsanlar! Ha, ular bizni shu konferentsiyaga chaqirishyapti, holbuki, biz Rossiya mahsuloti, Amerika fitnasi bo’lgan, dunyodagi eng kuchli qurollar bilan kechayu kunduz bombardimon qilinyapmiz. Ular ko’r va kar, aqllari ishlamaydi. Agar Alloh ularda biror yaxshilik borligini bilganda edi, quloqlarini ochib qo’ygan bo’lar edi. Ularning dillari boru anglay olishmaydi, ko’zlari boru ko’ra olishmaydi, quloqlari boru eshitishmaydi. Ular chorvalar kabidir, yo’q, ular befahmlikda chorvalardan ham battardir. Ana o’shalar g’aflatda qolgan kimsalardir! Ular Jenevaga borishga, Amerikadan tortib, Rossiya, Eron, Asadgacha dunyo mafiyachilari to’dalari bilan birga o’tirishga rozi bo’lishlari sababli o’z ahllarini, Ummatlarini uyatga qoldirishayotganini bilishmaydimi?! Alloh Taolo aytadi:

«Ey mo’minlar, Alloh va Rosuliga xiyonat qilmang hamda o’z omonatlaringizga (sizga ishonib berilan narsalarga) bilib turib xiyonat qilmang!» [Anfol 27]

Allohim, biz O’zingga anavi kimsalar qilmishlaridan poklanamiz va biz ularni fosh etganimiz, ogohlantirganimiz haqida Senga guvohlik beramiz. Mana, hozir musulmonlarni ular oxiratdan oldin shu dunyoning o’zidayoq bu kimsalardan hasrat va nadomatdan o’zga narsaga erisholmasliklaridan ogohlantiryapmiz. Biz va biz bilan birga: «Yetakchimiz toabad, sayyidimiz Muhammad», degan barcha birodarlar to rejimni kallasining cho’qqisidan boshlab oyog’ining ostigacha ag’darish va Islom diyori uqri bo’lmish Shom yurtida Islomiy Xalifalik davlati barpo etish orqali o’zgartirish amaliyotiga qattiq ahd qildik. Ularga Alloh Taolo aytgan kalomni aytamiz:

«Biz payg’ambarlarimizga va mo’minlarga dunyo hayotida ham, guvohlar (hozir bo’lib) turadigan kunda ham albatta nusrat-yordam beramiz» [G’ofir 51]

Muhandis Hishom Bobo Hizbut Tahrir

Suriya viloyati matbuot bo’limining raisi

Suriyadagi telefon raqami: +963956811947

Skayp telefoni raqami: +35635500554

Skype: TahrirSyria

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.