Suriyada urush davom etar ekan, Rossiyaning Asadga tinimsiz dastak berib kelayotgani sir emas. Asadni qurol aslaha va texnik jihatdan dastaklab kelayotgan Rossiya Asad hukumati bilan o’rtalarida o’zaro xos kelishuvlar borligini aytib keladi.
Biroq bugunga kelib Rossiyaning Asadga yana bir tarafdan dastak berib kelayotgani ma’lum bo’ldi. Suriyaga kelib jang olib borayotgan Eron askarlari va Hizbulloh jangchilari qatorida Rossiya harbiylari ham Asad rejimi tarafida turib jang olib borayotgani haqidagi xabarlar o’rtaga chiqdi.
Rossiya Asad rejimini qurol aslaha va texnik jihatdan dastaklab kelayotgani avvaldan ma’lum edi. Ammo pulga yollanib Asad askarlari bilan bir safda jang olib borayotgan rus harbiylarining borligi ilk marta xabarlarda tarqalmoqda.
Asad askarlari bilan yonma-yon turgan Rossiya harbiylarining suratlari ijtimoiy saytlarda paydo bo’ldi. Jumladan arrahmah.com sayti Rossiya harbiylari Suriyada jang olib borayotganiga doir xabar tarqatdi.
Xabarda aytilishicha, Suriyada Rossiyaning “Slav Korps” nomli harbiy bo’linmasi mavjud. Bu harbiy bo’linmadagi askarlarning barchasi pulga yollangan rus askarlaridan iborat va Asad rejimi tarafida turib muxolif kuchlarga qarshi jang olib boradi. Shuningdek arrahmah.com sayti “Slav Korps”, nomli Rossiyaning harbiy bo’linmasidagi askarlar soni 276ta ekanligini ma’lum qildi. Ular Lazkiyo va Tartus mintaqalari orasida xizmat qilmoqda.
Rossiyada chop etiladigan “Fontanka” gazetasining FSBga tayanib yozishicha, “Slav Korps”, nomi bilan Suriyada faoliyat olib borayotgan harbiy bo’linma haqida surishtiruv ishlari boshlangan.
Turkiston:
Tayms gazetasiga bergan intervyuida, “xizbulloh” qo’mondoni shunday dedi: Xizbulloh bo’lmaganida Asad allaqachon urushni boy bergan bo’lar edi. Demak “xizbulloh”ni ham kuchi etmay qolganida, Eron kallakesarlari, so’ng Rus yonlanma askarlari bir bo’lib bugungi xolatni ushlab turishibdi. Bundan chiqdi Asad va Suiya armiyasi allaqachon vaziyatni boy bergan. Xolatni kufr sistemasi boshqarib, Suriyaning ichki ishlari to’la ularning bevosita aralashuvlari bilan shu xolatida turibdi. Bu aralashuvlar noqonuniy bo’lgani bilan, dunyo sistemasi manfaatlariga mos ekan, ular bilgan xollarida bu ishlarga kamida sukut qilib turish bilan yordam berib kelishadi. Chunki Asad rejimining qulashi, kufr dunyo sistemasining qulashiga olib boruvchi asosiy qadam bo’lib qoldi.