AQSH (Isroil)ni tanqid qilgan deputatni jazoladi

228
0

AQSH (Isroil)ni tanqid qilgan deputatni jazoladi

AQSHning birinchi hijobli deputati sifatida tanilgan Ilhan Umar (Isroil)ni tanqid qilgani uchun tashqi aloqalar qo‘mitasidan chiqarib tashlandi. Bu haqida BBS axborot agentligi xabar tarqatdi.

(Isroil)ning ba’zi siyosatlarini tanqid qilgani va antisemitistik izohlar bergani uchun Respublikachilar Ilhan Umarni tashqi aloqalar qo‘mitasidan chetlatish uchun ovoz berishdi. Natijada Minnesota shtatidan AQSH Kongressi vakillar palatasining a’zolaridan biri bo‘lgan Ilhan Umar 218 ovoz bilan tashqi aloqalar qo‘mitasidan chetlatilishi haqida qaror qabul qilindi va Amerika tashqi siyosati haqida gapirishga noloyiq deb topildi. Respublikachilarning aytishicha, Ilhan Umar (Isroil)ga qarshi og‘ir bayonot bergan.

Izoh: Bunday hodisalar “So‘z erkinligi”, “Hokimiyat xalqniki” kabi demokratik qadriyatlarning soxtaligini kundan-kunga fosh qilib bormoqda. Aslida demokratiya va uning prinsiplari yolg‘ondan iboratdir. Chunki u ma’lum bir taraflar uchun xizmat qilib, boshqalarning qadriyatlarini aslo e’tiborga olmaydi. Agar Ilhan Umar Qur’oni Karimda kelgan yahudlar haqidagi oyatlarni tanqid qilib chiqqanda edi, darhol “So‘z erkinligi” da’vosi bilan olqishlarga sazovor bo‘lardi.

G‘arbning “Hokimiyat xalqniki”, degan da’vosi ham xuddi shunga o‘xshaydi. Qachonki o‘zlarining manfaatlariga to‘g‘ri kelsa, “Hokimiyat xalqniki”, deya jar sola boshlashadi. Agar aksincha bo‘lsa, o‘zlarini bilmaganga olishadi. Rostdan ham “Hokimiyat xalqniki” bo‘lsa, nima uchun Misrda xalqning aksariyati Mursiy hokimiyatini xohlashiga qaramay, harbiylar undan kuch bilan hokimiyatni tortib olishlariga demokratik G‘arb davlatlari lom-mim deyishmadi? Chunki ularning manfaati shuni taqozo qilardi. Shuningdek, nima uchun Suriyada xalqning 90 foizidan ko‘prog‘i Shariat tatbig‘ini talab qilgan bir paytda AQSH va Yevropa boshchiligida demokratiyani da’vo qiluvchi davlatlar Suriyaga quturib hujum qilishmoqda? Chunki bu ularning manfaatiga to‘g‘ri kelmaydi. G‘arb davlatlaridagi boshqaruvni o‘z nazoratlariga olgan kapitalistlar boshqa davlatlarning xalqlarini mustamlaka qilish va boyliklarini talon-taroj qilish uchun demokratiyani niqob qilib olishgani hech kimga sir emas.

Gohida Islomiy o‘lkalar ustidan hukm yuritayotgan rejimlarning zolimu zo‘ravonligi, o‘z xalqini repressiya qilishi musulmonlar ongida G‘arbning soxta demokratiyasiga intilish paydo qilishi mumkin. Ammo shuni unutmaslik kerakki, ushbu zolim rejimlarning har biri o‘sha demokratiyani bezab ko‘rsatayotgan G‘arb davlatlarining biriga qaramdir va ularning ko‘rsatmasiga ko‘ra harakat qiladi. Qolaversa, uchunchi dunyo davlatlari kabi kuchsiz xalqlarni eng yovuz suratda mustamlaka qilayotgan va ularning boshiga balolar yog‘dirayotgan G‘arb hukumatlarini iqtidorga olib kelgan unsur ham xuddi shu demokratiyaning o‘zidir. Demokratik G‘arb davlatlarining mustamlakachiligi dastidan ulkan yer osti boyligiga ega bo‘lgan Afrika davlatlarining o‘ta qashshoqlikda hayot kechirayotganligini aytmasa ham bo‘laveradi.

Aslida musulmonlarning vazifasi demokratiyaga intilish emas, balki Islomni tatbiq qilish uchun harakat qilishdir. Ana o‘shanda sassiq demokratiyani orzu qilib o‘tirishga o‘rin qolmaydi. Bir paytlar Islom go‘zal suratda tatbiq etilgan zamonlarda musulmonlar demokratiyaga ham, undan boshqasiga ham hech qachon ehtiyoj sezishmagan. Aksincha, barcha millatlar musulmonlarning go‘zal hazoratlariga intilib yashashgan.

Shunday ekan, bugungi kunda ham musulmonlar demokratiyani inkor qilishlari va uning “demokratiya bu – erkinlik”, “demokratiya bu – hurriyat”, “demokratiya bu – Sho‘ro” “demokratiya bu – Ummat majlisi” kabi yolg‘onlariga aldanib qolmasliklari lozim. Zero demokratiyadan yaxshilik kutish o‘zini halokatga tashlashdan boshqa narsa emas.

Zohid Zargar

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.