Qozog’iston Aqtauda baza ochishlikka ruxsat berdi

436
0

images (1)

Xorijiy matbuotlar, Qozog’iston NATO kuchlari uchun Aqtauda port ochishlikka ruxsat bergani haqida xabar qilmoqda. Amerikaning Qozog’istondagi elchixonasi esa sukut saqlamoqda va vaziyatni izohlamayapti. Qator xorijiy OAVlari xabariga ko’ra, Qozog’iston Afg’onistondan ittifoqchi kuchlarni olib chiqish mobaynida NATO qo’shini uchun ochiq bo’ladi, bu jarayon tugagandan so’ng ham shunday bo’lib qolishi ehtimoli bor.

Shuni eslatib o’tish kerakki, 2013 yilning aprel oyida Istanbulda bo’lib o’tgan Afg’oniston masalasi bo’yicha tashqi ishlar vazirlari yig’inida Qozog’iston prezidenti Nursulton Nazarbaev, Afg’onistondagi “Yengilmas ozodlik” missiyasini tugallashda NATO yuklari uchun Aqtauda port ochishga tayyorligini bildirgan edi.

“Afg’onistonda xavfsizlikka ko’mak beruvchi xalqaro kuchlar amaliyotlarini boshlagandan buyon, Qozog’iston har yili ittifoqchi qo’shinlar bilan yuklarni o’tkazib berish to’g’risida tuzgan shartnomani hamda AQSh, Germaniya, Frantsiya, Ispaniya va Buyuk Britaniya bilan ikkitomonlama kelishuvlarni amalga oshirish doirasida ko’mak berib keladi. Xozir biz Kaspiy bo’yidagi “Aqtau” porti xisobiga NATO yuklari uchun tranzit ko’lamini kengaytirishga tayyorlanmoqdamiz”, – degan edi Nazarbaev.

Ayni vaqtda, Qozog’iston harbiy qo’mondonligi Aqtau porti NATO kuchlari uchun allaqachon ochilganini hech qachon ochiq aytmagan. Shuningdek Aqtauda NATO harbiylari bormi, agar bor bo’lsa ularnecha kishini tashkil etishi to’g’risida ham birorta rasmiy izoh berilmagan.

Agar Turkiyaning Dunyabulteni.net nashri xabariga ishonadigan bo’lsak, gap 2014 yil davomida Afg’onistondan yuklarni olib chiqish uchun portdan foydalanish haqida bormoqda va NATO kuchlari u erdan oshxona anjomlari emas, balki harbiy texnikani olib chiqishlarini faraz qilish qiyin emas. Xozircha rasmiy izoh yo’qligi sababli bu xabarni rost yoki yolg’onligini tasdiqlash imkoni bo’lmadi.

Aqtau porti Qirg’izistondagi harbiy bazani ko’chirishda hamda Markaziy Osiyo mintaqasi va Kaspiyda o’z ta’sirni kuchaytirishda AQSh uchun yaxshi vosita bo’ladi.

Turkiston:

Nazarbaevni iymonga chaqirib, qilayotgan ishi Olloh va musulmonlarning g’azabini keltiradigan ish turkumidan deyishdan o’zimizni tiydik. U ko’proq Putinni g’azabidan qo’rqadi. Shuning uchun Putin va Rossiya bu ishlarga qanday qaraydi. Qanday choralar ko’ra oladi. Balki Putinni o’zi bu ishlarga boshdir. Chunki u Afg’onistondan NATOni chiqarib yuborib, o’zi mintaqani boshqarib qolishdan ojizligini biladi va shu zaifligini yashirishga ham xarakat qiladi. Putinning oxirgi paytlardagi ba’zi xarakatlarida, Rossiyaning manfa’atlaridan, o’zi paydo qilib borayotgan diktatorlik rejimining qiziqchiliklarini ustun qo’ya boshladi. Aniqroq aytganda, rejimning olib borgan noto’g’ri siyosati oqibatlaridan kelib chiqib borayotgan jiddiy muammolarni yashirishni yoki aybni boshqalarga yuklash asosini hamma narsadan ustun qo’ya boshladi. Masalan: Rossiyada ishlab chiqarish va unga ketadigan neft va hom ashyoni milliylashtirib olishi oqibatida, sifatini va ko’lamini tubanlashishiga sababchi bo’ldi. Natijada ishlab chiqarilgan maxsulotlar nafaqat tashqi, ichki bozorida ham raqobatlasha olmay qoldi. Birin ketin o’lib borayotgan sanoatlarini va bo’shab borayotgan ishchi o’rinlar problemasini bira to’la VTOga qo’shilish bilan echishga urindi. Ishsizlar muammosini esa, katta shaxarlarni migrantlrdan tozalash bilan, qashshoqlashayotgan qishloqlardan kelayotgan fuqorolarga bozorlardan joy tayorlashga o’tdi. Shu xolatlarning kelishiga asosiy sabab, Putinni kapitalistik sistemada, kapitalistik iqtisodni olmay, davlat manapoliyasiga asoslangan, SSSRning satsialistik iqtisodiga o’xshash sistemada boshqardi.

Nazarbaev ham Rossiyaning quvvatiga baho bera oladi. Agar u 2014 yildan kutilayotgan biror o’zgarishlarda musulmonlardan xavotirda bo’lib NATOni kirgizayotgan bo’lsa, aksincha musulmonlarning g’azabiga duchor bo’ladi. O’shanda Asad singari birorta kufr davlati yordam bera olmaydigan xolatga tushadi. O’shanda unga qilgan amallariga javob berishidan, AQShning bazasi ham yordam bera olmaydi insha Olloh.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.