AQSh Tolibonni muzokara stoliga chaqirmoqda

387
0

00

AQSh hukumati Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif tili bilan Tolibon mujohidlarini muzokaraga taklif qilmoqda.

Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif o’zaro muammolarni muzokara yo’li bilan hal qilish istagida ekanligini bildirar ekan, Pokiston tolibonlari bilan o’tkazilishi rejalashtirilgan muzokarani yuqori baholadi. Shuningdek u Tolibonning sobiq rahbari Hakimulloh Mas’ud o’ldirilishdan avval hukumat hay’ati u bilan ko’rishish niyatida bo’lganligini, ammo kutilmagan sabablarga ko’ra, bu ro’yobga chiqmaganligini aytib o’tdi.

Pokiston tolibonlari lideri Hakimulloh mas’ud hukumat tarafidan yuboriladigan 3 kishilik muzokara hay’atining yo’lga chiqadigan kunda AQSh tarafidan uyushtirilgan uchuvchisiz samalyot hujumida o’ldirilgan edi. Hozirda Pokistondagi Tolibon harakatiga hukumat bilan muzokaralarga qarshiligi bilan tanilgan shaxs boshchilik qilmoqda.

Hakimulloh Mas’ud o’ldirilgandan olti kundan so’ng Pokiston tolibonining boshiga kelgan yangi rahbar Mullo Fazlulloh hukumat bilan tinchlik bitimiga bormasligini aytib, sobiq rahbar o’limi uchun qasos olishini bildirdi.

Ammo joriy yilning may oyida prezidentlik lavozimini qayta egallagan Navoz Sharif Toliblar bilan muzokara qilaman deb va’da berib keladi.

Navoz Sharif bu harakati bilan terror sababli o’lim hollari ko’payishini ertaroq to’xtatish istagida ekanligini bildirdi. “Bu muammoni hal qilish hukumatimizning eng muhim vazifasidir. Pokistonni bitim ichida bo’lgan bir o’lka holiga keltirishni istaymiz. Buning uchun Pokiston toliboni bilan muammolarni muzokara yo’li bilan echishni xohlaymiz”, dedi bosh vazir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.