Hizbut Tahrirning Suriyadagi matbuot bo’limi

393
0

01

«Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o’tgan (imon-e’tiqodli) zotlarni xalifa qilganidek ularni ham er yuzida xalifa qilishni va ular uchun O’zi rozi bo’lgan (Islom) dinini g’olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so’ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo’yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular itoatsiz kimsalardir»

Jeneva-2» fitnasi va unda ishtirok etishning xatari haqida matbuot bayonoti

Amerika qo’zg’olonni – go’yo biz qo’zg’olon ham qilmagandek, qurbonlik ham bermagandek – jinoyatchi Bashar va uning to’dasi bilan «Jeneva-2»da muzokara stoliga o’tirish tomon burmoqchi!

Yaqinda Amerika tashqi ishlar vaziri Jon Kerri «Jeneva-1» konferentsiyasi Suriyada barcha doiralar bilan kelishgan holda o’tish davri hukumati tuzishga qaratilganini, «Jeneva-2» konferentsiyasidan maqsad bu ishni amalga oshirish ekanini aytdi. U «muzokara olib boruvchi tomonlarni muvofiqlashtirish uchun birdan-bir alternativa qirg’in amaliyotini kuchaytirilmasa ham, hech bo’lmasa, davom ettirishdir», deya tahdid qildi va «urush oqimi yaqinda Suriya davlatining emirilishi bilan tugashi, ekstremistik jamoalar barpo bo’lishi, hatto ekstremizmning o’zi kelib chiqishiga olib kelishi»dan ogohlantirdi.

Shomda zulm va xorlik davlatini ag’darish uchun qo’zg’algan ey musulmonlar:

Suriya rejimi xo’jayini, u va Asad oilasining homiysi bo’lgan AQSh sizlarga «in’om etgan» narsa mana shu. Butun dunyo qo’zg’olonlari ichida o’xshashi bo’lmagan, shuncha qurbonlardan keyin, yuz minglab shahidlar va dom-daraksiz yo’qolganlar, millionlab qochqinlar, o’n minglab etim bolalar, tul xotinu erkaklardan keyin, Bashar va otasi Hofiz o’rnatgan xavfsizlik davlati kabi zolim, fosid rejimdan nusxa ko’chirishmoqchi. Ammo bu rejim nusxasini undagi xavfsizlik va josuslik «aqllar»ni o’zgartirmay, faqat yangi basharalar olib kelish bilan o’zgartirishmoqchi… Qanday ham o’zgartirilsin, axir, bu davlatni tiklashdan yahud davlatini himoya qilish, muxlis musulmonlarga urush qilish maqsad qilingan bo’lsa? Ya’ni to’g’ri yo’lni tutuvchi Xalifalik davlatiga da’vat qilayotgan, Shom zaminida Xalifalik davlati loyihasi egalariga urush qilib, terrorizmga qarshi kurash dastagi bilan ularni yo’q qilish hamda ularni Alloh nozil qilgan ahkomlarni tatbiq qilishlariga yo’l qo’ymaslik maqsad qilingan bo’lsa?

Shuning uchun «Jeneva-2»da qatnashish musulmonlarning Amerika Shomda o’z malaylari qo’li bilan to’kkan pokiza qonlarini ichish demakdir. Bu malaylar Bashar Asaddan tortib, Livandagi Eron hizbi, jinoyatchi Molikiy kuchlari, Eronning amerikaparast rejimi kuchlari, jinoyatga sherik bo’lgan barcha islomiy yurtlar hokimlarigachadir. Ularning hammasiga Allohning la’nati bo’lsin. Ular bizni Shomda qutqarish uchun armiyalarini safarbar qilish o’rniga Xavfsizlik Kengashi va BMT majlislarida turib, Suriya xalqiga qarshi fitna qilishyapti, matbuot va televidenieda yolg’on ko’z yoshi to’kishyapti. Alloh Taolo aytadi:

«Ey mo’minlar, yahudiylar va nasroniylarni do’st tutmang, ular bir-birlari bilan do’stdirlar, sizlardan kim ularga do’st bo’lsa, o’zi ham o’shalardandir, albatta, Alloh zolim qavmni hidoyat qilmaydi» [Moida 51]

Dushman aynan o’shalar, bas, ulardan ehtiyot bo’ling, ey Shomning sabrli, savobdan umidvor ahli, ularga quloq solmang, ochiqdan-ochiq Islomga dushmanlik pozitsiyasini egallagan bu kimsalarga Allohning la’nati bo’lsin!

G’arb loyihasida qanday tarzda bo’lmasin ishtirok etish Ummatning Shom qo’zg’olonini bo’g’izlash demakdir. Xoh «Jeneva-2»da, xoh Suriya do’stlari (dushmanlari) sammitida qatnashish bo’lsin, xoh Suriya masalasida G’arb bilan uchrashuv o’tkazish va mubohasa qilish bo’lsin, xoh boshqa bo’lsin, bu – Allohga, Rosuliga va mo’minlarga xiyonat hamda Shomda Allohning kalimasini oliy qilish uchun halok bo’lgan shahidlarga sotqinlik qilish demakdir. Biz otryad va guruhlardagi obro’li kishilarni, Islomni qudratga, oliylikka, ulug’likka olib chiqmoqchi bo’layotgan sharafli kishilarni Allohni g’azablantiradigan bunday badbo’y botqoqqa tushib qolishdan ogohlantiramiz. Mo’minlar onasi sayyida Oisha Idan rivoyat qilinadi: men Rosululloh Aning bunday deganlarini eshitgandim:

«مَنْ الْتَمَسَ رِضَا اللَّهِ بِسَخَطِ النَّاسِ كَفَاهُ اللَّهُ مُؤْنَةَ النَّاسِ وَمَنْ الْتَمَسَ رِضَا النَّاسِ بِسَخَطِ اللَّهِ وَكَلَهُ اللَّهُ إِلَى النَّاسِ»

«Kim odamlarni g’azablantirish orqali Allohning rizosini qidirsa, Alloh undan odamlar mashaqqatini tiyib qo’yadi, kim Allohni g’azablantirish orqali odamlar roziligini qidirsa, Alloh uni odamlarga tashlab qo’yadi» (Imom Termiziy rivoyati).

Shunday ekan, ey qahramonlar, Islom diyorining markazi bo’lgan Shomda musulmonlar xalifasiga bay’at berish orqali Allohning O’ziga suyaning, bu Allohning arqonini mahkam ushlagan, sabot va sabr qilgan zotlar nasibasidan bo’lgan sharafdir.

Muhandis Hishom Bobo

Hizbut Tahrir – Suriya viloyati matbuot bo’limining raisi

Suriyadagi telefon raqami: +8821644446132

Skayp telefoni raqami: +35635500554

Skype: TahrirSyria

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.