Arakanda butparastlar politsiya kuchlari nazorati ostida va davlat xavfsizlik kuchlarining dastagi bilan musulmonlarga qarshi tinimsiz hujumlarini davom ettirmoqda. Jim qarab turgan butun dunyoning ko’z o’ngida Arakan yangi-yangi qatliomlarni boshidan kechiryapti.
Yaqinda 10 kishi faqatgina musulmon bo’lganliklari uchun ko’chada, hammaning ko’z o’ngida kaltaklanib o’ldirildi. Bundan avval esa but parastlar musulmonlarga qarashli 400 dan ortiq do’kon va ishxonalarni yoqib yuborganligi haqida xabarlar tarqagan edi. Jon saqlash uchun dengiz orqali boshqa davlatlarga ketishga otlangan Arakanlik musulmonlar yo’lda halokatga uchrash holatlari ko’paygan. Kuni kecha bortida 70 kishi bilan Bangladeshga yo’l olgan kema cho’kib ketdi. Ulardan faqatgina besh kishi tirik qoldi xolos.
Arakan axborot agentligi tarqatgan xabarga ko’ra, butparastlar Musulmonlar ichish uchun foydalanadigan suvni zaharlashi oqibatida zaharlanib o’lganlar soni ko’paygan.
Musulmon erkaklar o’ldirilishi, tutib ketilishi yoki quvg’in qilinishi oqibatida Arakanda ayollar qarovsiz qolgan. Ishonchli manbalardan olingan xabarlarga ko’ra, Birma xavfsizlik kuchlari qarovsiz qolgan muslima ayollar va yosh qizlarning nomusiga tajovuz qilib, ulardan jinsiy kul sifatida foydalanishi kundalik holatga aylangan.
Butparastlarning zavq oladigan narsalaridan biri musulmonlarni yoqishdir. Ular o’zlari urib o’ldirgan yoki chala jon bo’lib qolgan musulmonlarni yoqib zavq olishga odatlangan.
BMT yaqinda Birmaning Arakan mintaqasida qochqinlar soni ko’paygani va buning oqibati tahlikali bo’lishidan ogohlantirgan edi. BMT oliy komissari ham kecha bergan bayonotida o’tgan haftada 1500 atrofida kishi o’z uylarini tashlab qochib chiqqanligini va ko’pchilik cho’kib ketganligi haqida xabar olganligini ochiqladi.
Aytish mumkinki, shuncha qirg’inlar va tajovuzlar yuz berishiga qaramay, BMT har zamonda uzoqdan bir qarab qo’yishga odatlangan. Biroq shunda ham, faqat tashvish bildirib qo’yishdan nariga o’tmaydi. Xalqaro hamjamiyatlar bu borada ko’zlari ko’r, quloqlari kar bo’lib qolgan. Islom o’lkalaridagi rahbarlar haqida gapirmasa ham bo’laveradi. Butparastlar Musulmonlarni o’roqlar va tayoqlar bilan quvlab o’ldirayotgan bir paytda, zamonaviy qurollarga ega bo’lgan Musulmonlar armiyasi ularga qarshi bitta o’q otib qo’yishga ham yaramayapti.
Bu holat qachongacha davom etadi?!