Misr armiyasi yangi harbiy operatsiya boshladi.

364
0

01

Misr qurolli kuchlari Sino yarim orolida “Sahrodagi dovul” shartli nomi ostida yangi harbiy operatsiya boshladi. Misr kuch strukturalaridagi manbaning ma’lum qilishicha, operatsiyaning terrorchilarni tugatishlikka qaratilgan birinchi bosqichi Sino janubi va markazining tog’li rayonlarida 48 soat davom etadi.

Alohida nazorat ostiga yarim orolni mamlakatning boshqa qismlari bilan bog’lab turgan asosiy yo’llar, shu jumladan Ahmad Hamdi tunneli va Suvaysh kanali ustidagi As-Salom ko’prigi, shuningdek paromlar olingan.

Harbiy razvedka xisobiga ko’ra, ta’qib qilinayotgan jangarilar soni 500 kishidan ortiq emas. Ta’qib qilishning murakkabligi shundaki, mujohidlar xalq orasiga aralashib ketgan. Undan tashqari ularda og’ir qurol ham bor.

Harbiylar tarafidan Muhammad Mursi taxtdan ag’darilan 3 iyul kunidan boshlab islomchi radikallar kun sayin harbiy bazalarga, politsiya qismlariga va blokpostlarga hujumlar uyushtirib, Sinoda armiya hamda politsiyaga qarshi, deyarli to’liq masshtabli urush boshlab yuborishgan. Xozirga qadar qirqqa yaqin odam o’ldirilgan. Qurolliy kuchlar qo’mondonligi Shimoliy Sinoni “terror bilan urush rayoni”deb e’lon qilgan va u erga kuchli madad jo’natgan, shu jumladan og’ir texnika, harbiy aviatsiya va maxsus xizmat qismlarini yuborgan.

Turkiston:

Sino bu yaxudiylar uchun muammoli hudud xisoblanadi. Mursiy taxtga kelishi bilanoq yaxudiylarni rozi qilish uchun, Sinoda Falastin bilan aloqa qilinadigan er osti quvurlarini vayron qilib, aloqa olib boradigan musulmonlarga qarshi qattiq harbiy yurish qilingan edi.

Xozirgi Misrdagi izdan chiqib borayotgan vaziyatda ham, harbiylar zimmalariga olgan yaxudiylarni himoyasini avvalgi o’ringa qo’yib, u mintaqaga katta harbiy quvvat olib kirib qo’ymoqchi. Bu xarakatlar, vaziyat jiddiy xavf tug’dirishi mumkinligini anglatadi.

Xarbiylarning xarakatlari, ularni AQShdan olib turadigan milliardlagan dollorlarning evazida, Isroilni himoya qilib berish va’dasi ham borligini isbotlaydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.