Ayol libosiga doir savollariga javoblar

927
0

question-mark (1)

Hizbut Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan Talol Favziy, Bulug’uka Maromiy va Mosa Zalarning Ayol libosiga doir savollariga javoblar

Mazmunan bir xil savollar:

1 – Talol Favziy:

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! Shayximiz va amirimizni Alloh O’z hifzu himoyasida asrasin va unga g’amxo’rlik qilsin, ushbu dinni aziz qilish uchun u kishiga nusrat-yordam bersin, omin!

Aziz shayximiz. Ayol kishi xos hayotida nomahram qarindoshlari oldida ko’rsatishi mumkin bo’lgan narsalarni kengroq tushuntirib berishingizni istardim. Masalan, amakivachcha, xolavachcha va erining aka-ukalari kabi nomahram qarindoshlariga.

Ayol ular oldida masalan, shim bilan yo bluza (kalta plashch) bilan ko’rinishi mumkinmi?

Sizdan Alloh rozi bo’lsin va ushbu Ummatga payg’ambarlik minhoji asosida to’g’ri yo’lni tutuvchi Xalifalik davlati barpo etishni sizning qo’lingiz bilan, O’zining mustahkam nusrat-yordami bilan ato etsin!

2 – Bulug’uka Maromiy:

«Sochini ulagan va ulatgan ayol…» hadisiga ayolning parigi yo sun’iy soch ham kiradimi? Alloh sizdan rozi bo’lsin!

3 – Mosa Za: Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! Muhtaram birodar, bizda bir g’alati ko’rinish bor, ya’ni ayol kishi shim ustidan tizzasigacha uzunlikda jilbob kiyadi, shu joizmi????

Javob: Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh!

Hammangizning savollaringiz mavzui mazmunan bir xil bo’lgani uchun, hammasiga bitta qilib javob beraman:

1 – Ayol o’zining xos hayotida eri va mahramlari bilan birga yashaydi. Amakivachchalar va xolavachchalar kabi qarindoshlari esa o’z qarindoshlarinikiga hayit bilan qutlab, silai rahm uchun va boshqa munosabatlar bilan keladigan bo’lsalar, ayollar o’z uylarida ularga ko’rinishlari mumkin emas, faqat avratlarini yopib, yasan-tusan qilmay ko’rinishlari mumkin, xolos. Shim kiyish ham yasan-tusan qilishga kiradi. Shuning uchun ayollar nomahram qarindoshlari hayit bilan qutlab, silai rahm uchun va boshqa munosabatlar bilan kelganda ular oldida shim bilan ko’rinishi durust emas.

2 – Agar ayol uydan umumiy hayotga chiqsa, albatta shar’iy libos kiyishi kerak. Bu libosda uch narsa topilishi shart: avrat yopilishi, yasan-tusan qilinmasligi, jilbob va ro’mol kiyish.

3 – Jilbob keng, yopib turadigan va ichki liboslarni o’rab turadigan libos. Alloh Subhanahu aytadi:

«Ey Nabiy, juftlaringizga, qizlaringizga va mo’minlarning ayollariga ayting, ustlariga jilboblarini yopinsinlar!» [Ahzob 59]

Ya’ni, yopinchiq va plashch kabi ko’chaga chiqish uchun mo’ljallangan hamda kiyimlar ustidan kiyilib, pastgacha uzun bo’lgan liboslarni kiysinlar, demoqda. Shuning uchun jilbobda ayolning qadamlarigacha (oyoqning to’piqdan past qismigacha) o’rab turadigan pastgacha osilib tushgan bo’lishi shart qilingan, chunki Alloh Subhanahu:

(… Ustlariga jilboblarini yopinsinlar!) demoqda. Ya’ni jilboblarini uzaytirsinlar. Chunki bu erdagi «min» ba’zisini degan ma’noda emas, balki bayon ma’nosida kelgan. Ya’ni yopinchiq yoki plashchni pastgacha tushirib uzaytirsinlar. Agar ayolning qadamlari paypoq yoki maxsi bilan berkitilgan bo’lsa, bu narsa jilbob uzun qilib tushirilganiga dalolat qiladigan shaklda uzun tushirilganining o’rniga o’tmaydi. Bu holatda qadamlar berk bo’lgani uchun ularni o’rashga zarurat yo’q. Biroq pastgacha cho’zilish yuzaga kelishi uchun jilbob albatta qadamlarga etib turishi zarur, toki bu kiyim ayol umumiy hayotda kiyishi vojib bo’lgan kiyimi ekanligi ravshan bilinib tursin va Allohning «uzun qilib olsinlar», degan kalomi ro’yobga chiqsin.

Shunga ko’ra, ayol kishining umumiy hayotda shim kiyib, qadamlariga etmagan holdagi tizzasigacha uzunlikda to’n kiyishi jilbobning shar’iy ma’nosiga to’g’ri kelmaydi. Ayol ichki liboslarini yopib, qadamlarigacha osilib tushgan jilbobsiz umumiy hayotga chiqishi mumkin emas. Agar shunday jilbobi yo’q bo’lsa, ko’chaga chiqmaydi yoki qo’shni ayolning jilbobini so’rab kiyadi. Bunga dalil: Imom Muslim o’z «Sahih»ida Ummu Atiyadan rivoyat qiladi, Ummu Atiya aytadi: Rosululloh r bizga yosh qizlarni, hayz ko’rib turgan va unashtirilgan qizlarni ramazon va qurbon hayitlariga chiqarishimizni buyurdilar. Hayz ko’rib turganlari namozdan chetlashadilar, yaxshilikka va musulmonlarning duosiga guvoh bo’ladilar. Men: yo Rosululloh, birortamizning jilbobi bo’lmasachi, deb so’radim. Ul zot:

«لِتُلْبِسْهَا أُخْتُهَا مِنْ جِلْبَابِهَا»

«Unga opa-singlisi (dugonasi) jilbobini kiydirib tursin», dedilar.

4 – Parik yasanishga kiradi. Shuning uchun parik kiygan ayol umumiy hayotga chiqishi mumkin emas. Faqat parigi ro’mol bilan to’silgan bo’lib, qaragan kishini o’ziga jalb qilmaydigan bo’lsagina chiqishi mumkin. Shu bilan birga, parikni uyida yuqorida aytilgan nomahram qarindoshlari oldida ham kiyishi mumkin emas.

Endi parik soch ulagan va ulatganga kiradimi degan savolga kelsak:

Bu masala unday emas. Chunki soch ulagan deb, o’zining sochini uzaytirish uchun unga boshqa sochni ulaganni aytiladi, sochi ustidan parik kiyganni emas, balki sochini uzun qilib ko’rsatish uchun unga boshqa sochni ulagan ayolni aytiladi. Bu esa ayol kishi qaerda bo’lishidan qat’iy nazar – hatto o’z uyida bo’lsa ham – haromdir. Bunga dalil: Abu Hurayra t Nabiy rning:

«لَعَنَ اللَّهُ الوَاصِلَةَ وَالمُسْتَوْصِلَةَ…»

«Alloh sochini ulagan va ulatgan ayolni… la’natladi», deganlarini rivoyat qildi (Buxoriy rivoyati). Ayolning parik kiyishi esa eri va mahramlari oldida joiz, mahramlaridan boshqalar oldida joiz emas, chunki u yasanishga kiradi.

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta 30 shavvol 1434h 6 iyul 2013m

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.