As-Sisi ortga chekindimi?

317
0

001

Isroil va Saudiya arabistoni tarafidan dastaklanib kelayotgan Misr xuntasining lideri general As-Sisi xalq qo’zg’oloni qarshisida ortga chekinishga majbur bo’ldi, deya xabar qiladi “Islohxabar” axborot agentligi.

Xabarda Misr prezidentligidan chetlatilgan Muhammad Mursiy va “Musulmon birodarlar” jamoasining tarafdorlariga qarata As-Sisi “inqilobni unutib darhol ittifoq tuzaylik”, degan taklifni o’rtaga tashlaganligi qayd etiladi.

“Rasd” axborot saytidan olingan xabarga ko’ra, Misr ko’chalarida davom etayotgan namoyishlar sababli tinchini yo’qotgan Xunta boshqaruvi “Musulmon birodarlar” rahbarlari bilan aloqa o’rnatib, 3 iyul hodisalarini inqilob deb tushunmasliklarini va xalqqa ham buni inqilob deb izohlamasliklarini talab qilgan.

Shuningdek xabarda aytilishicha, harbiy xunta “Musulmon birodarlar” rahbarlaridan namoyishga chiqqan xalqlarni uylariga qaytarib, namoyishni to’xtatishlarini ham talab qilgan. Mutaxassilar Sisining bu taklifini “noloyiq taklif”, “siyosiy pora taklif qilish” va “Sisining tugashi” shaklida izohlab, bu taklif “Musulmon birodarlar” tarafidan qabul qilinishiga ko’zi etmasligini ma’lum qilishdi.

“Musulmon birodarlar” jamoasi esa musulmonlarni qatliom qilgan va besh mingdan ortiq kishini o’ldirgan harbiy xuntadan muzokara uchun avvalambor Mursiyning ozod qilinishini shart qilishdi.

Shuningdek xabarda Harbiy xunta – agar kelishuv amalga oshadigan bo’lsa – Mursiy va hibsga olingan barcha “Musulmon birodarlar” rahbarlarini ozod qilib, xavfsizligini ta’minlashi va tortib olingan mol-mulklarning ortiqchasi bilan qaytarib berishligi mumkinligi olg’a suriladi.

Bu xabar Qohira, Asyut, Helvan va bir qancha joylarda ayollar, jumladan Al-Azhar universitetining talaba qizlari tarafidan tashkil qilingan namoyishlar avj olgandan so’ng o’rtaga chiqdi.

Turkiston:

Sisi siyosatchi ham, mafkuraviy mufakkir ham emas. U xatto musulmonlarning dushmani ham emas. Asad singari Sisi ham, Islom va musulmonlarning asl dushmani bo’lgan mavjud dunyo sistemasining ko’ppagi.

U balki yuqoridagi bayonotining tub kelib chiqish mohiyatini ham tushunmas. Lekin unga yo’l ko’rsatayotganlar yaxshi bilishadiki, Misrda ham Suriyadagi xato qaytalanilyapti. Aynan “Musulmon birodarlar” jamoasini o’zlaridan nari turtib yuborishlari, uni islomiy siyosiylashib borayotganiga sabab bo’ldi. Ushbu jamo’a Misrda juda katta kuch ekanligidan, mafkuraviy kurashda uning qay tomonda turishi, katta ahamiyatga ega. Shuning uchun kufr olami, ilgari Sisi tomonidan keltirilgan xatoni to’g’rilashga xarakat qilib, Birodarlar jamo’asini yana ilgarigi xizmatlariga tortmoqchi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.