Qirg’iz-Tojik chegarasida mojoro bo’lib o’tdi

482
0

0

Qirg’izistonning Tojikiston bilan chegara hududida joylashgan “Katta-Tuz” neft qazib olish qudug’i sababli munozarali vaziyat vujudga keldi.

Qirg’iziston chegara xizmati xabariga ko’ra, 24 oktyabr kuni Qirg’iziston hududida joylashgan neft qazib olish qudug’iga Tojikiston chegarachilari bostirib kirishgan va mazkur quduq o’zlariniki ekanligini da’vo qilishgan.

“24.kg” nashrini ma’lum qilishicha, chegarachilar bilan kelgan Tojikiston rasmiylari xatto quduqni buzib tashlashga xarakat qilishgan. Bu esa mahalliy aholini noroziligiga sabab bo’lib, ular quduq atrofida yig’ilishni boshlashgan. Nashryotning xabariga ko’ra, tomonlar o’rtasida to’qnashuv ham bo’lib o’tgan. Ammo mahalliy hukumat vakillari to’qnashuv bo’lib o’tganini tasdiqlashgani yo’q.

Keyinchalik ma’lum bo’lishicha mojoroni bartaraf etishga muvaffaq bo’lingan. Qirg’iziston chegara xizmati boshlig’i Qurmanakun Matenov va Tojikiston chegara qo’shinlari bosh boshqarmasining boshlig’i Sherali Mirzo o’rtasida bo’lib o’tgan telefon so’zlashuvlari natijasida tojik tomoni o’z chegarachilarini chaqirib oladigan bo’ldi. Baxsli hududlardan foydalanish masalasi chegaralarni belgilash bo’yicha hukumatlararo komissiyasi tomonidan xal etishi zarurligiga kelishib olingan.

“Radio Ozodi”ga ko’ra, Qirg’iziston va Tojikiston o’rtasidagi mavjud 971 kilometrlik chegarani faqatgina 567 kilometri belgilangan. Birgina Isfara tumanida o’nlab baxsli hududlar mavjud bo’lib, ularni ayrimlarida chegaralarni yopilishiga va yo’llarni to’sib qo’yilishiga olib keladigan mojorolar yuzaga kelib turadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.