18 oktyabr kuni Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirligi BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy emas a’zoligi o’rnidan bosh tortganligi haqida bayon qildi. O’zining mazkur qarorini qirollik tashqi ishlar vazirligi Kengashning harbiy nizolarni, birinchi navbatda Suriyadagi nizoni, hal qilishlikda voqeda yordam berishlikka, shuningdek Falastin masalasini hal qilishlikka qobiliyatsiz ekanligi bilan izoxladi. BMT shtab-kvartirasidagi xabardor manba ismini atamaslik sharti bilan, doimiy emas a’zolikdan bosh tortgan qirollikning bo’shagan o’rniga asosiy nomzod qilib Quvayt ko’rilayotganini ma’lum qildi.
BMT Xavfsizlik Kengashi nima bilan shug’ullandi?
Xavfsizlik Kengashi, o’z nizomiga ko’ra, xalqaro xavfsizlik va tinchlikni saqlab turishlikka javobgar. BMT nizomining 7 bandiga binoan, Kengash qabul qilgan qarorlar BMTga a’zo barcha davlatlar tomonidan bajarilishligi shart. Ularni bajarmaslik esa choralar ko’rishlikka olib keladi, hatto harbiy kuch ishlatishlikkacha. Qaysidir qarorni qabul qish uchun uning 15 a’zosining ko’pchilik qismi shu qarorni qo’llashligi shart, agar uning doimiy a’zolaridan (AQSh, Angliya, Frantsiya, Rossiya, Xitoy) hech qaysisi veto huquqidan foydalanmagan bo’lsa.