Pentagon Manas aviabazasidan ko’chishni boshladi

468
0

00

Amerika Qo’shma Shtatlari Afg’onistondagi harbiy amaliyotlarini qo’llab turish uchun foydalanib kelgan Manas bazasidan ko’chishni boshladi. AQSh harbiy boshqarmasining xabar qilishicha, “bu maydon va binolarni Qirg’iziston hukumatiga topshirishni 2014 yilning iyul oyigacha yakunlash rejalashtirilmoqda”.

Pentagon matbuot xizmati tarqatgan xabarda, ”AQSh mudofa’a vazirligi Manas xalqaro aeroportidagi tranzit markazidan ko’chib o’tish jarayonini boshladi”,- deyiladi.

Bundan buyon Afg’onistondagi harbiy amaliyotlarni Ruminiyaning Konstantsa shahrida joylashgan Mixail Kogelnichan nomli aeroportdan qo’llab turiladi. Bu haqda Pentagonni rasmiy vakili podpolkovnik Keti Uilkinson xabar berdi.

Shu yilning yozida Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambaev Manas aeroporti ijarasi yuzasidan AQSh bilan tuzgan shartnomani tugatish to’g’risidagi qonunga qo’l qo’ygan edi. Xabarlarga ko’ra, bu shartnoma respublika g’aznasiga yiliga 200 ming dollar olib kelar edi.

AQSh va NATO 12 yil mobaynida Manas aeroportidan Afg’onistondagi ittifoqchi kuchlarni harbiy texnika, askar va jixozlar bilan ta’minlab turish uchun foydalanib keldi. Shuningdek Afg’onistondagi askarlarni qo’llash uchun qiruvchi va bombabo’ron qiluvchi samolyotlar harbiy parvoz qilar edi.

Turkiston:

Juda ulug’ ish boshlanipti. Qanday sharoitda, qaysi niyat bilan bo’lganida ham, musulmonlar zimmasida vojib bo’lgan o’ta manfa’atli amaliyotga qo’l uribdi Atambaev. Bu uning, davlat raxbari sifatidagi Alloh oldidagi burchlaridan biri edi.

Musulmonlar bu kabi xarakatlarni olqishlashimiz va qo’limizdan kelganicha xissalarimizni qo’shishimiz lozim. Atambaev ham bu ishni ikki dunyosiga manfa’atli bo’lishi uchun, Islom va musulmonlar manfa’atiga bog’lashi va ishning oqibatidan keladigan ziyonlarda musulmonlardan yordam talab qilishi lozim. Chunki AQSh bu kabi alamli quvg’inni singdirib yubormaydi. U davlatga qo’lidan kelishicha ziyon etkazish payiga tushadi. Rossiya esa, faqat Atambaevga bosim berishdan nariga o’tmaydi. U Qirg’iziston uchun NATO bilan ko’p ham o’chakishmaydi.

Atambaev Rossiya qilgan xatodan o’zini tiyishi lozim. U AQSh o’ylab topadigan yolg’on terroristlar xavfidan qo’rqib, musulmonlarga zulmni kuchaytirib yuborish xatosidan tiyilishi lozim. Chunki AQSh shuni kutadi. Xar qanday vaziyatlarni keskinlashishi, tashqi davlatlarga qo’l kelaveradi. Davlatni Islom va musulmonlar bilan manfa’atlarni paralellashtirishi esa, tashqi g’alamus quvvatlarni re’jalariga putur etkazadi. Chunki ular faqat ichki ziddiyatlarimizdan foydalanishga odatlanishgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.