Dovuto’g’li: Radikal islomiy guruhlarning faollashuvi bizni tashvishlanmoqda

667
0

00

Turkiya tashqi ishlar vaziri Ahmad Dovudo’g’li Shvetsariyaning NZZ (Neue Zürcher Zeitung) gazetasiga intervyu berdi. Turkiya ishtirok etmagan konferentsiyadan bir echim chiqmasligini olg’a surgan Dovuto’g’li Jnevada o’tkazilishi rejalashtirilgan konferentsiyaning muvaffaqiyatsiz yakun topishi mumkinligini bildirdi.

Dovuto’g’li Suriyadagi tartibsizliklarning yuzaga kelishiga Asad sabab bo’lganligini tilga olar ekan, Suriyadagi radikal islomiy guruhlar borasida xalqaro tashkilotlarni, xususan BMT xavfsizlik tashkilotini ham ayblab o’tdi. “2 yil avval bu erda bunday guruhlar yo’q edi. O’tgan yilgacha bir necha yuz chog’lik radikal islomiy guruhlar bor edi, xolos. Bu yilga kelib minglagan jangchilar ularga qo’shildi. Agar radillashuvdan uzoqlashishni istasak Suriya uchun echim topishimiz zarur. Milliy koalitsiyaga turli muxolif guruhlar a’zo. Bu koalitsiya kuchaysa bo’shliqni to’ldirgan bo’ladi”, dedi u.

Xalqaro tashkilotlarning Suriya muammosiga echim topa olmaganligini ham tanqid ostiga olgan Dovuto’g’li jumladan shunday dedi: “Bu bizni tashvishlanmoqda. Shu onda kuchga ega bo’lgan ikki radigal islomiy guruh bor. Biri Shomda, ikkinchisi urush maydonida. Agar Jneva konferentsiyasida o’rinli biror echimga erishilmasa, bu guruhlar nafaqat Suriya uchun, balki butun dunyo uchun muammoga sabab bo’ladi. 2011 yil Asad bilan o’n oy davomida ko’rishib, qanoatlantirishga urindik. U vaqtlar Suriya masalasi bilan hech kim shug’ullangan emasdi. Inqiroz kuchayishini o’sha paytlar aytgan edik. Mana nima bo’ldi?! BMT xavfsizlik tashkiloti qo’lidan hech narsa kelmaydigan holatga tushdi. Bugungacha hech bir ish qilmaganlar tanqidga loyiq”.

Dovuto’g’li gazetaning “Suriyada faol bo’lgan mujohidlar Turkiya uchun ham muammoga aylandi, shunday ekan, nega bu guruhlarni mablag’ bilan ta’minlayotgan Saudiya va Qatarga bosim o’tkazmayapsiz”, degan savoliga – “bunday bir dastak berilayotganiga doir aniq bir hukm chiqarib bo’lmaydi. Bu Asad rejimining bir tashviqoti. Suriyadagi radikal islomiy guruhlarni kimlar tarafidan dastaklanayotgani haqida bizda aniq ma’lumot yo’q. Faqat bu erda Iroqdagi Abug’urayb qamoqxonasidan qochgan jangchilar borligini bilamiz” – deb javob berdi.

Turkiston:

Dovuto’g’li agar musulmon bo’lsa, Suriyaga kimlar yordam berayotganini emas, aksincha kimlar yordam berishdan bosh tortayotgani haqida tashvishlanar edi. Ochlikdan yig’lab, o’layotgan bolalarga yordam bermayotgan qo’shni davlatlar, ularning raxbarlarining iymoni bo’lmasa ham vijdonsiz ekanlari uni xavotirga solgan bo’lar edi. U BMT qo’lidan hech narsa kelmaydigan xolatga tushdi dedi. Aslida BMT shu xolatni paydo qildi. U bir necha o’n yillardan buyon bitta O’jalon singari millatchi jinoyatchini o’ldirishdan butun bir Turk davlatini man qilib uddalay oldi. Naxotki o’limsangi Asadni, tinch axolini qamal qilib qirib yuborishini oldini ololmasa!…. Sen kimsan o’zi ey Dovuto’g’li, biz deb musulmonlar nomidan gapirasan.

Birodarlar ustilarimizga shunaqangi raxbarlarning kelib qolishi nimadan? Naxotki Payg’ambarimiz SAV “sizlar qanday bo’lsangiz, ustilaringizga shundek xokimlar keladi” deganlaridek bizlar shu xoinlarga mos bo’lsak. Naxotki shu kabi razilliklarga sukut qilib, shuning bilan rozilik izxor qilib, oxiratda ular bilan birga tirilib qolish ehtimoliga rozi bo’lsak!…….

Yo’q biz rozi emasmiz! Kim rozi bo’lsa bo’lsin. Ollox bizlarni zaif xollarimizda, Ibrohim ASga qarshi yoqilgan gulxanni o’chirish uchun og’zida suv olib borayotgan chumoli singari, oz bo’lsa ham xarakatlarimiz tufayli, jaxannam azobidan saqlasin. Chunki bugungi kunda, kufr quturdi. U Suriyadagi birodarlarimiz ustida qattiq zulm boshladi. Bu shu darajada axamiyatliki, ularga yordam bermagan musulmonning najot topishi o’ta qiyin. Alloh bizlarni najot topganlardan qilsin. Islom va musulmonlargan nusrat bersin Amiin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.