Zonniy hadis ba’zi qismlari voqeda o’z aksini topganligi e’tiboriga ko’ra, mutavotir darajasiga ko’tarilishi mumkinmi?

608
0

10480704-n--n--n---noe-n

 

“Zonniy hadis ba’zi qismlari voqeda o’z aksini topganligi e’tiboriga ko’ra, mutavotir darajasiga ko’tarilishi mumkinmi?”, degan savolning javobi.

Savol: Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. “Sizlarning orangizda payg’ambarlik Alloh xohlaguncha bo’ladi… So’ngra payg’ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik bo’ladi”, degan hadisga o’xshash bir qancha subuti zonniy hadislar borki, insonlar orasida faoliyat olib borganimizda Islomiy fkrlarni yoyish uchun ularni dalil qilib keltiramiz va ular orqali Rosululloh s.a.v.ning bashoratlarini xushxabar qilib keltiramiz.

Savol shundan iboratki, bu hadis zonniy bo’lib, ummat boshidan o’tkazayotgan siyosiy holatlar haqida so’z yutritadi. Hadisning ma’nosidan Rosululloh s.a.v. holatni besh qismga bo’lganliklarini ko’rib turibmiz. 1- payg’ambarlik, 2- roshid xalifalik, 3- zo’ravon podshohlik, 4- zolim hukmronlik, 5- yana roshid xalifalik. Hadisda bayon qilingan besh qismdan to’rttasi ro’yobga chiqqanligini ko’rib turibmiz. Shunga ko’ra, bu hadis – undan bir qancha qismi voqeda amalga oshganligi e’tiboriga ko’ra – mutavotir darajasiga ko’tarilmaydimi?

Javob: Hadisning ma’nosi amal qilish uchun etarlidir. U mutavotir bo’ladimi yoki zonniy bo’ladimi, buning farqi yo’q. Modomiyki hadis sahih ekan, u o’z ichiga olgan farzga ko’ra amal qilishga kuchli tazda undayveradi.

Masalan Ahmad chiqargan “Konistantinopol albatta fath qilinadi. Uning amiri qanday ham yaxshi amir, uning qo’shini qanday ham yaxshi qo’shin”, degan hadisni olaylik. Bu hadis xabar bo’lishi bilan bir qatorda amal qilish ma’nosiga ham egadir. Shuning uchun har bir musulmon hokim bu hadis o’zining qo’li balan amalga oshishiga qattiq intilgan. To Alloh Taolo bu fathni Muhammad fotihga nasib qilgunga qadar, Konistantinopolga bir qancha qo’shinlar safarbar qilingan. Yahud davlati bilan jang qilish va uni er yuzidan supirib tashlash haqidagi hadis ham, payg’ambarlik minhoji asosida qaytib keladigan xalifalik haqidagi hadis ham xuddi shunday. Modomiyki hadis sahih ekan, uning mutavotir bo’lishi yoki bo’lmasligi ishga ta’sir qilmaydi. Biz Insha Alloh bu bizning qo’llarimiz bilan ro’yobga chiqishi uchun bor kuchimiz bilan harakat qilaveramiz va u bilan yaxshilikni bashorat qilaveramiz. Ertami, kechmi, yuzaga chiqishi borasida ishonchimish komil. Uning mutavotir yoki ohodligini bilish uchun chuqur ketish bilan o’zimizni qiynamaymiz.

Shu bilan birga u hadisning bir qismi voqeda o’z aksini topishi uning qolgan qismini ham amalga oshishiga ishonchimizni kuchaytiradi. Masalan, Konistantinopol fath qilingandan so’ng Rimning fath qilinishi kabi. Chunki Rosululloh s.a.v.ning boshqa bir hadislarida bu ikki shaharni fath qilinishi zikr qilingan. Ammo hozirgina sizga aytib o’tganimdek, hadisga amal qilish jihatidan uning mutavotirligi borasida chuqur izlanishga ehtiyoj yo’q. Chunki hadisning sahihligi – garchi zonniy bo’lsa ham – amal qilish, tasdiqlash, ishonch hosil qilish va uning amalga oshishini xush xabar berish uchun kifoyadir. Musulmon shaxs bu fazilatga erishish uchun zavq-shavq bilan intiladi. Ammo sizning “modomiyki uning bir qismi ro’yobga chiqar ekan, uni mutavotir sanaymizmi?”, degan savolingizka kelsak, bunga javob shuki, mutavotir hadisning sanad (tayanadigan asos) borasida bir qancha shartlari mavjud. Uni mutavotir deb qaror qilish uchun hadisning istiloh ilmi o’sha shartlarga tayanadi. Ya’ni bu ilmda hadisning mutavotirligi uning ro’yobga chiqqan yoki chiqmaganligi kuzatuviga asoslanmaydi. Chunki hadisning sanadi va mulhaqotlariga qarab unga mutavotir deb hukm chiqariladi. Shunday bo’lsa-da hadisning bir qismi voqeda o’z aksini topishi uning sahihlik darajasiga bo’lgan ishonchni kuchaytiradi va uning qolgan qismini ham ro’yobga chiqarish uchun g’ayrat bilan faoliyat qilishga undaydi.

Alloh Azza va Jalla muvaffaqiyat ato etsin.

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Rashta.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.