Hizb ut-Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Rashtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan

352
0

http://www.dreamstime.com/-image3875436

 

Y. S ning oltinga taalluqli iqtisodiy savollariga javob

Savollar:

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh:

Ulug’ olim Ato ibn Xalil, sizni Alloh O’z hifzu himoyasi va panohida saqlasin. Oltinga taaluqli iqtisodiy savollar:

Oltin narxiga ta’sir qiluvchi omillar nimalardan iborat?

Nega o’tgan yilning oxiridan boshlab oltin narxi tushib ketdi?

Oltin narxining taqriban bir oy oldin to’satdan tushib ketgani nimaga nisbat beriladi?

Zakot chiqarishning zo’r istagi bo’la turib, qog’oz valyuta o’rniga oltinni jamg’arib qo’yish shar’an joizmi (bu ham xazina qilib bosib qo’yish hisoblanadimi)?

Agar bu joiz bo’lsa iqtisodiy jihatdan uni maslahat bersa bo’ladimi?

Alloh sizga barakot ato etsin.

Javob: Va alaykumus salom va rohmatlullohi va barokatuh:

1 – O’zingizga ma’lumki, ilgari pul oltin va kumush bo’lgan. Hatto ba’zi davlatlar XIX asrning oxirlarida va XX asrning boshlarida qog’oz pullarni chiqargan paytida ham bu pullar oltin va kumushdan o’rinbosar bo’lgan va ularni har qanady vaqtda almashtirish mumkin bo’lgan, ya’ni qog’oz puli bor odam bu pullarni chiqargan davlat bankiga borib ularning o’rniga ulardagi qiymatda oltinni olishi mumkin bo’lgan.

2 – Bu vaziyat ikki jahon urushi, 1914 yildagi birinchi jahon urushi va 1939 yildagi ikkinchi jahon urushi oralig’idagi davrda o’zgardi. Ayniqsa 1929 yilda Amerikada buyuk depressiya yuz berishi bilan shunday bo’ldi. Bu depressiya boshqa mamlakatlarga ham ko’chdi. Natijada qog’oz pullarni oltinga almashtirib berishga bir necha cheklovlar qo’yildi…

3 – 1945 yilda ikkinchi jahon urushi tugab Amerika bu urushdan eng kam ziyon ko’rishlar bilan chiqdi. Yevropa, Germaniya va Yaponiya esa bu urushdan katta zarar ko’rdi, ulardagi sanoat korxonalari, binolar vayron bo’ldi… Urushdan keyin oltinning katta qismi Amerika qo’lida bo’lib qoldi. Amerika o’zining harbiy va iqtisodiy qudrati tufayli «Bretton Woods» (Bretton Vuds) konferentsiyasida o’zining qog’oz puli dollarni davlatlar pullarining oltin qoplamasi (ta’minoti)ga o’xshash qoplama qilib qo’yishga muvaffaq bo’ldi. Ya’ni bu davlatlar faqat oltindan yoki dollardan iborat qoplama bo’lsagina qog’oz pulni bosib chiqara oladigan bo’ldi. Amerika dollar narxini bir untsiya oltin uchun 35 dollar qilib belgiladi va qo’lida dollarlar bor davlatlarga agar bu davlatlar mazkur narx bo’yicha oltin qiymatini olishni istasa oltin bilan to’lash majburiyatini oldi.

4 – Bunda Amerikaga o’zining oltindan iborat xazinasi yordam berdi, bu oltin etarli edi yoki ichkari va xorijdagi bosib chiqarilgan qog’oz dollardan ortiq ham edi. Muhimi Amerikadagi oltin xazinasi xorijdagi davlatlar va shaxslar qo’lidagi dollarlarni qoplashga qodir bo’lishi edi. Ichkaridagi qog’oz dollarlarga nisbatan esa xorijdagidan ko’ra engilroq munosabatda bo’lindi.

Tasavvur aniqroq bo’lishi uchun shuni aytish kerakki, Amerikaning 1946 yildagi oltin jamg’armasining qiymati Bretton Vuds kelishuvidan keyin shu kelishuvda belgilangan narx bo’yicha 20,6 milliard dollarga teng edi. Xorijdagi davlatlar va shaxslar qo’lidagi qog’oz dollarlar esa 6,1 milliard dollarga teng edi. Bu hol 1960 yilgacha saqlanib qoldi, ya’ni Amerika 1960 yilgacha dollarning mazkur narxini kafolatlashga qodir bo’lib turdi. Bu davrga kelib Amerikadagi oltin jamg’armalari 18,8 milliard bo’lib qoldi, xorijdagi qog’oz dollar hajmi esa 18,7 milliard bo’lib qoldi, ya’ni Amerika dollar narxini zo’rg’a kafolatlaydigan bo’lib qoldi. Ana shundan keyin xorijdagi dollar jamg’armalari Amerikadagi oltin jamg’armalaridan oshib keta boshladi.

5 – Dollarning oltin qoplamasi yomonlashib borishi natijasida Amerika olamdagi asosiy mamlakatlardan o’ziga yordam berishni talab qildi. Natijada oltin guruhini tuzish haqida kelishuv imzolandi. Bu guruhning ishi shundan iborat ediki, bozorda oltin narxi biron sababga ko’ra ko’tarilib ketsa banklar darhol aralashib qo’shimcha miqdordagi oltinni sotuvga tashlaydigan bo’ldi, narxni muvozanat darajasiga qaytarish uchun shunday qiladigan bo’ldi. Buning aksi bo’lib narx pasayib ketsa banklar yana darhol aralashib ortiqcha oltin miqdorini sotib oladigan, natijada narx avvalgi darajasiga ko’tariladigan bo’ldi.

Bu guruh bir necha yil davom etdi. Lekin u asta-sekin bozorga taklif bilan aralashadigan bo’ldi. Ayniqsa 1965 yil oralig’ida shunday bo’ldi. Bu hol shu guruh 1968 yil 17 martda tugatilguniga qadar davom etdi. Bu ish a’zo mamlakatlarning oltin jamg’armalari «erib» tugab ketishi tahdidini tug’dirdi. Natijada Frantsiya 1967 yil iyun oyida bu guruhdan chiqib ketdi. Shundan keyin krizislar tezlashdi (1967 yil kuzida funt sterling krizisi, 1968 yilda esa oltin krizisi bo’ldi). Bu ikki krizis oltin guruhiga a’zo mamlakatlarning olti oy orasida 2,5 milliard oltin dollar ziyon ko’rishiga sabab bo’ldi. Shundan keyin 1968 yil 17 martda Vashingtonda yig’in o’tkazilib unda oltin guruhini bekor qilishga va oltin narxini taklif va talab kuchi belgilaydigan qilib erkin qo’yishga qaror qilindi.

6 – Mazkur oltin krizisi Amerikadagi oltin jamg’armasining 1965 yildagi 14 milliarddan 1968 yil mart oyidagi, ya’ni oltin guruhi bekor qilingan paytdagi 10,48 milliardga kamayishiga sabab bo’ldi. O’sha vaqtda Amerikaning bu oltin jamg’armasi qonunda ko’rsatilgan dollarning ichki oltin qoplamasi (25 %) uchun lozim bo’lgan miqdorning minimum chegarasi edi. Shuning uchun Amerika xorijdagi xususiy sektor qo’lidagi dollarlarni oltinga almashtirib berishni bekor qildi. Faqat xorijdagi rasmiy jamg’armalarnigina oltinga almashtirib berishni saqlab qoldi. Chunki Amerika qo’lida qolgan oltin miqdori – u yuqorida aytilgan minimum chegaradir – faqat xorijiy rasmiy jamg’armalar uchungina etarli edi, xolos. Ya’ni ichkaridagi dollarning oltin qoplami (25 %) olib tashlandi. Lekin Amerika xususiy sektordan import va eksport natijasida xorijiy rasmiy jamg’armalarni oltinga almashtirib berish majburiyatiga ham vafo qilolmay qoldi. Davlat sektorining boshqa davlatlar bilan bo’lgan aloqasidagi muomalalar ham shu ahvolga tushdi.

7 – Shunga binoan Amerika prezident Nikson davrida, ya’ni 1971 yilda oltinga almashtirib berish nizomini butunlay bekor qilishga qaror qildi. Shundan keyin qog’oz pulning darhol ham, kelgusida ham almashtirish mumkin bo’lgan hech qanday qoplamasi bo’lmaydigan bo’ldi. Aksincha qog’oz pul qiymatini davlatlarning iqtisodi, ya’ni davlatlarning to’lov balansi, davlatlarning xavfsizlik vaziyati, to’satdan yuz beruvchi krizislar… belgilaydigan bo’ldi. Bundan tashqari pul bozorlaridagi chayqovchiliklar ham belgilaydigan bo’ldi. Qolaversa pul neft va uning narxlarining, neft manbalarining xavfsizlik yoki beqarorlik holatlariga uchrashining bir muhim elementi ham bo’lib qoldi.

8 – Bunga aniqlik kiritish uchun quyidagilarni aytamiz:

a) Oltin ana shu davrdan keyin har qanday tovar kabi taklif va talab bilan ta’sirlanadigan bo’lib qoldi. Shuning uchun agar ba’zi davlatlar o’z iqtisodini kuchaytirish uchun o’zining oltin zahirasidan bir qismini sotishi kabi taklif oshib ketadigan bo’lsa, ya’ni bozorlarda oltinni taklif qilish oshib ketsa oltin narxi pasayadigan bo’ldi… Ba’zi davlatlar yoki ba’zi shaxslar muayyan chayqovchiliklar maqsadida oltinni zo’r berib sotib olishga kirishsa oltin narxi ko’tariladigan bo’ldi.

b) Shuningdek oltinni import qilib keltirishga qo’yilgan cheklovlar olib tashlansa yoki kamaytirilsa import va eksport jonlanadigan bo’ldi va shundan keyin bozorlarda oltinni taklif qilish harakati kuchayadigan bo’ldi. Bu esa oltin narxining pasayishiga olib keladi. Xuddi shunday hol 2011 yilning boshlarida Ko’rfaz davlatlarida yuz berdi. Oltindan ishlangan va yasalgan narsalarga solinadigan bojxona soliqlari oltindan olib tashlanganidan keyin va bu davlatlar o’rtasidagi tamg’a birligidan keyin shunday bo’ldi. Bu narsa oltin narxlarining pasayishiga olib keldi, bu davlatlar o’rtasida oltin importi va eksporti harakati kuchaygani tufayli shunday bo’ldi.

v) Shuningdek iqtisodiy sabablarga ko’ra yoki urush yoki shunga o’xshagan sabablarga ko’ra dollar pasaysa odamlar dollar o’rniga oltinni to’plab, jamg’arish yo’lini tutadigan bo’lishdi. Davlatlar ham o’z jamg’armalarida dollar o’rniga oltinni jamg’arishga harakat qiladigan bo’ldi. Natijada oltinga bo’lgan talab oshib uning narxi ko’tarilib ketadigan bo’ldi. Endi agar Amerika iqtisodi yaxshilanishi tufayli yoki shunga o’xshash sababga ko’ra dollar ko’tariladigan bo’lsa odamlarning dollarga bo’lgan ishonchi yana tiklanadigan bo’ldi va shundan keyin ular o’zlarining oltin jamg’armalarining ba’zi qismini sotadigan bo’lishdi, natijada taklif oshib ketadigan bo’ldi, odamlar oltin o’rniga dollarni jamg’aradigan bo’lishdi, natijada oltin narxi pasayadigan bo’ldi.

g) Bu erda neft mavzusi ham bor. Chunki bugun oltin narxining ko’tarilishi yoki pasayishi neft narxining ko’tarilishi yoki pasayishi bilan mutanosibdir. Demak neft narxi ko’tarilsa u bilan birga oltin narxi ham ko’tariladi, Amerika dollari narxi pasaygan paytda esa oltin narxi oshadi.

9 – Shunga binoan savollaringizga javobni quyidagicha fahmlash mumkin:

a)    2012 yilda oltin narxlarining pasayganligi:

Ana shu yilda e’tiborni tortadigan ikki ish yuz berdi: Birinchi: ko’chmas mulklar bozori qulashi natijasida Amerikada yuz bergan iqtisodiy krizis ortidan o’tgan yillar davomida etgan qattiq qiyinchilikdan keyin dollar narxining nisbatan yaxshilangani… Dollar narxidagi bu yaxshilanish oltin narxining pasayishiga olib keldi, biz yuqorida aytib o’tgan sabablarga ko’ra shunday bo’ldi. Chunki bunda oltin narxi dollar narxiga teskari proportsional bo’ladigan bo’ldi…

Ikkinchi: Rossiya o’zining oltin ehtiyot zahiralaridan 4 tonnaga yaqinini sotdi. Bu esa besh yildan beri birinchi marta bo’layotgan hodisadir. Binobarin bu sotuv oltin narxining pasayishiga olib kelgan taklifning oshishiga o’z hissasini qo’shdi.

Bu erda boshqa ikkilamchi sabablar ham bor, lekin biz yuqorida aytib o’tgan narsalarning katta ta’siri bo’ldi.

b) Endi 2013 yil iyul oyida oltin narxining to’satdan pasayishiga kelsak, 2013 yil 19 iyunda Amerika federal rezervi, ya’ni Amerika markaziy banki boshlig’i miqdor narxini belgilash programmasini asta-sekin kamaytirish ehtimoli jadvalini e’lon qildi. Bu narsa dollarning quvvatlanishiga, oltin narxining esa kutilmagan darajaga pasayishiga olib keldi. Chunki bir untsiya narxi qariyb 1180 dollarga etdi! U oltinni qazib olishga ketgan xarajatdan ozgina yuqoridir, xolos. Chunki bir untsiyaga ketgan xarajat 1135 bilan 1160 dollar atrofidadir. Mana shu narsa «Em-si komiks» shirkati direktori Bangaj Gobatani bunday deyishga majbur qildi: «Narxlarning bu darajalardan ham pastga tushib ketishini kutmagan edim, bu bitta asosiy sababga ko’ra bo’ldi, u konlarda oltinni qazib olishga ketayotgan bir untsiyaga 1135 dollar chegarasidagi xarajatdir, bu esa konlarni qazib chiqarishni to’xtatishga va bozorlarda taklifga chek qo’yishga majbur qilishini anglatadi, bu esa narxlarni yana ko’tarib yuboradi…».

Bu gap qaysidir daraja to’g’ri. Chunki narxlar 2013 yil avgust oyida yana bir oz ko’tarildi, natijada bir untsiyaga 1310 dollar beriladigan bo’ldi. Amerika federal rezervi qiymati oyiga 85 milliard dollarga etgan qimmatbaho qog’ozlarni sotib olish programmasini qisqartirishga kirishganiga qaramay shunday bo’ldi. U bozorda dollarni taklif qilish kamayishini, binobarin uning narxi ko’tarilib, oltin narxi esa pasayishini anglatadi. Shunga qaramay u 2013 yil iyul oyidan pasaymadi. Garchi oltin narxi xarajat narxiga nisbatan hamon past holda qolayotgan bo’lsa-da, lekin Gobata aytganidek oltin narxi xarajatga yaqin bo’lgani sayin ba’zi konlar uni qazib olishni kamaytiradi, binobarin bozorda oltinni taklif qilish ham kamayadi, natijada oltin narxi hatto ozgina bo’lsa ham ko’tariladi…

v) Endi sizning qog’oz valyuta o’rniga oltin va kumushni jamg’arish haqidagi savolingizga kelsak, oltinga nisbatan shar’iy hukmlar – oltin pul qilib zarb qilingan bo’ladimi yoki quyma holida bo’ladimi hech farqsiz – har xil bo’lmaydi… Demak uni hojatsiz xazina qilib to’plash haromdir. Hatto zakoti chiqarilgan bo’lsa ham. Bu shu masaladagi shunga taalluqli shar’iy dalillarga muvofiq eng kuchli hukmdir. Lekin xazina qilish yoki jamg’arib to’plash bir hojat uchun bo’lsa, masalan uy qurmoqchi bo’lsangiz yoki qizingizni turmushga chiqarmoqchi bo’lsangiz… bunday holatda bu ish zakotini chiqarish bilan joiz bo’ladi.

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Rashta 17 shavvol 1434h 24 avgust 2013m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.