Misr sobiq muftiysi namoyishchilarni qo’rqmay o’ldiraverishga chaqirdi

509
0

001

Rosululloh s.a.v. qiyomatga qadar butun musulmonlarga qarata

«لَزَوَالُ الدُّنْيَا جَمِيعًا أَهْوَنُ عِنْدَ اللَّهِ مِنْ دَمٍ يُسْفَكُ بِغَيْرِ حَقٍّ»

«Butun dunyoning yo’q bo’lib ketishi Alloh nazdida nohaq to’kilgan qondan engilroqdir», deya xitob qilgan bo’lsalarda, biroq Misr sobiq muftiysi Misrda namoyishga chiqqan musulmonlarga qarata ayamay o’t ochishga da’vat qildi.

U bu da’vatini Misr mudofaa vaziri Abdul Fattoh as-Sisiy va Misr ichki ishlar vaziri Muhammad Ibrohim hozir bo’lgan harbiylar va politsiyachilar yig’ilishida minbarga chiqib gapirdi.

Sobiq muftiy namoyishchilarni “Xavorijlar”, deb atadi. Politsiya va qo’shin etakchilaridan iborat yig’ilganlardan namoyishchilarga nisbatan kuch ishlatishni, biroq harbiylardan birorta ham qurbon bermaslikni talab qildi.

“Millionlarni qulating, lekin harbiylar safidan birorta ham qurbon bermang. Namoyishchilarni o’ldirgan kishilarga jannat bo’lsin. Kim ularni o’ldirsa Allohning huzurida oliy bo’ladi. Balki, biz shahrimizni, Misrimizni bu janjalkashlardan tozalashimiz kerak. Ular Misrga loyiq emas. Biz ulardan or qilamiz” dedi sobiq muftiy.

Al-Jazira saytida namoyish etilgan video lavhada sobiq muftiy harbiylarni bu ishda ikkilanmaslikka chaqiradi. “Din nima deydi deb qo’rqmang, Din siz tarafda, Alloh va Rosuli siz bilan birga. Mustahkam turing. Bu fikrlarni ahli oilangizga, qo’shnilaringizga, butun harbiylarga etkazing”, deydi u.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.