Ash-shabob: Frantsiya o’tkazgan amaliyotning tafsiloti

505
0

 

Somalidagi “Ashshabobul mujahidun” harakati nomidan gapiruvchi harbiy notiq Abdul Aziz Abu Mus’abning aytishicha, “Ashshabobul mujahidun” harakati har qanday kuchga qarshi jang qilishga tayyor. Qarshi tarafning tayyorgarligi, qurol aslahalari va qanchalik darajada kuchli bo’lishining ular uchun ahamiyati yo’q.
U bu so’zlari bilan “Ashshabobul mujahidun” harakati qo’lidagi frantsuz tutqini josus Denni Aleksni ozod qilishda muvaffaqiyatsizlikka uchragan Frantsiya amaliyotiga ishora qildi.
Abu Mus’ab Aljaziraga besh kun oldin bo’lib o’tgan Frantsiya harbiy amaliyotini sifatlab shunday dedi: “Frantsiya kuchlari Polomrir shahridan 5km uzoqlikdagi Shabelle viloyatiga joylashtirildi. So’ngra ular nishonga olingan uy tomon piyoda harakatlanishdi”. Shuningdek u tutqin Frantsiya kuchlari bostirib kirgan joyda mavjud bo’lmaganligini qo’shimcha qildi.
“Ashshabobul mujahidun” harakati notig’i Abu Mus’ab jang asosan qoq tunning yarmida bo’lganligini aytib, “bizning harbiylarimiz doimo uyg’oq, Frantsuzlar o’ylaganidek, uyquda emas, balki har qachon shay holda turadi”, deya qo’shimcha qildi. U Frantsiya hukumati da’vo qilgan mujohidlardan 17 kishining o’lganligini rad qilib, uch kishi shahib bo’lib yana ikki kishi yaralanganligini tan oldi.
14 yanvar kuni Frantsiya maxsus kuchlari tomonidan o’tkazilgan amaliyot chog’ida Frantsiya harbiylari safidan kamida bir kishi halok bo’lganligi va Frantsiya hukumati “terrorist” deb sifatlayotgan kishilardan 17 kishini o’ldirganligi haqida xabarlar tarqagan edi.
Biroq Bi-bi-sining Mudofaa va diplomatik masalalar bo’yicha muxbiri Jonatan Markus yozishicha, frantsuzlar Somalidagi islomiy jangarilar qudratidan allaqachon hayratga tushishgan.
“Ashshabobul mujahidun” harakati nomidan gapiruvchi notiq “Somali erlari Frantsiya kuchlari uchun qabriston bo’ladi”, deya tahdid qildi.
Abdurahmon

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.