Ukrainadagi xabarga oydinlik kiritish

374
0

01

Hizbut Tahrirning markaziy matbuot bo’limi

Matbuot bayonoti

2013 yil 9 sentyabrda Ukrainaning «Inter» kanali muxbiri Roman Boshkala men bilan uchrashuv o’tkazdi. U menga Hizbning da’vati va ish faoliyati haqida bir necha savollar tashladi. Bugun menga internet tarmog’idagi «http://novoross.info» manzilida Roman Boshkalaning maqolasi nashr qilingani haqidagi xabar keldi. Maqolada kelishicha go’yoki men Suriyada ro’y berayotgan janglarda Hizb a’zolari qo’zg’olonchilar tomonida qatnashayotganini aytgan emishman. Ayni paytda u Ukrainadagi Hizb yigitlarining buni keskin rad etganliklarini ham keltiradi. Va nihoyat u: «Biz Ukrainadagi Hizbut Tahrir yigitlarini tasdiqlaymizmi yoki uning Bayrutdagi matbuot bo’liminimi?» – degan savolni tashlaydi. Men ochiq aytamanki Roman Boshkala mening nomimdan aytgan so’zlar aslo to’g’ri emas. Qolaversa men tamoman buning aksini aytganman.

Men Hizbut Tahrir siyosiy hizb bo’lib, Islom da’vatini yoyishda va Xalifalik davlatini barpo qilish orqali islomiy hayotni qayta boshlash uchun harakat qilishda Rosul Aning yo’liga ergashishini atroflicha izohladim. Bu yo’l siyosiy va fikriy kurash bo’lib, unda aslo moddiy ish qilish yo’q va Hizbning harbiy bo’limi ham mavjud emas.

Ukrainadagi va Bayrutdagi Hizbut Tahrirning pozitsiyasida qarama-qarshilik bor qilib ko’rsatishga urinishdan maqsad axborot vositalari doirasida Hizbning suratini buzib ko’rsatish hamda Ukrainadagi jamoatchilik fikrini chalg’itishdir. Bu esa ob’ektiv axborot vositasi qoidalariga to’g’ri kelmaydi.

Usmon Baxxosh

Hizbut Tahrirning markaziy

matbuot bo’limi raisi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.