Dog’istonda haq so’zni aytgani uchun o’ldirilgan yangi shahid!

525
0

01

Hizbut Tahrirning markaziy matbuot bo’limi

Matbuot bayonoti

2013 yil 15 sentyabr yakshanba kuni 1976 yilda tug’ilgan Hizbut Tahrir a’zosi Abalov Abdulloh Muhammadrasul Dog’iston jumhuriyati Kizlyar shahrida shahid bo’lib Parvardigori huzuriga ko’tarildi. Biz uni shahid deb hisoblaymiz va Alloh oldida hech kimni oqlamaymiz. U kechki payt o’z uyiga qaytayotganida xoinlar uni vahshiylarcha o’ldirishdi.

Birodarlarining biri Abdullohni uyiga etkazib qo’ygan. O’sha paytda ular shahidning uyi oldida qora rangdagi raqamsiz Jiguli rusumidagi avtomashinani ko’rishgan. Abdulloh avtomashinadan tushib uyi tomon yo’l olganida Allohning dushmanlari unga qarata o’t ochishdi. O’q uning ko’ksiga tegdi. O’sha zahoti uni shifoxonaga olib borishdi. Biroq u o’z jonini Allohga topshirgan edi. Abdulloh 2013 yil 16 sentyabr dushanba kuni tongda Kizlyar shahri qabristoniga dafn etildi.

Albatta biz Allohning bandalarimiz va albatta biz U Zotga qaytguvchilarmiz.

Biz birodarimiz Abdullohni Islom sherlaridan biri sifatida tanir edik. U iffatli, sharafli, Allohning dushmanlariga qarshi jur’atli edi. U sodiqligi, jur’atliligi, halimligi, sabrliligi bilan xoinlar qalbiga qo’rquv sola oldi.

U kuch va g’ayratda bo’ron kabi edi. Darhaqiqat Abdulloh Dog’istonda zulmatni yoritgan nur bo’ldi.

Shu o’rinda aytib o’tish lozimki xoinlar bir necha bor unga o’ldirib yuborish bilan tahdid qilishgan. Biroq undagi imon nuri qalbiga qo’rquv kirishiga yo’l bermadi. U o’zi tutgan yo’lning to’g’riligiga to’liq qanoatlandi.

Biz birodarimiz Abdullohni Alloh Taolo yaxshilik bilan mukofatlashini, uni shahidlar sayyidi Hamza ibn Abdulmuttalib guruhi safida qabul qilishini Allohdan so’rab qolamiz. Rasululloh A dedilar:

«سَيِّدُ الشُّهَدَاءِ حَمْزَةُ بْنُ عَبْدِ الْمُطَّلِبِ، وَرَجُلٌ قَامَ إِلَى إِمَامٍ جَائِرٍ فَأَمَرَهُ وَنَهَاهُ فَقَتَلَهُ»

«Shahidlar sayyidi Hamza ibn Abdulmuttalib va zolim imomga qarshi turib unga amr ma’ruf va nahiy munkar qilgan, zolim imom uni shu sababli o’ldirgan kishidir». Biz Alloh Cubhanahu va Taolodan Abdullohni payg’ambarlar, siddiqlar, shahidlar va solih kishilar bilan birga qilishini so’rab qolamiz. Ammo sizlar, ey Rossiya tog’utlari hamda butun mintaqadagi va xossatan Dog’istondagi uning malaylari, sizlardan Alloh Taoloning o’ch olishini so’rab qolamiz, toki bu boshqalarga ibrat bo’lib qolsin.

Va nihoyat Hizbut Tahrirning markaziy matbuot bo’limi birodarimiz oilasiga duo qilib o’z ta’ziyasini bildiradi. Alloh Taolodan ularga sabr berishini so’rab qoladi. Bizga Allohning O’zi kifoyadir, Biz faqat Undan yordam so’raymiz va faqat Unga tavakkal qilamiz.

Hizbut Tahrirning

markaziy matbuot bo’limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.