Suriyadagi kimyoviy qurollar Rossiyada yo’q qilinishi rejalashtirilmoqda

366
0
Rossiya ma’lumot manbalaridan olingan xabarlarga ko’ra, AQSh va uning hamkorlari Suriyadagi kimyoviy qurolni Rossiyada yo’q qilinishini istashmoqda.
Bashar Asad qo’lidagi kimyoviy moddalarni yo’q qilishni olg’a surgan Rossiyadagi ijtimoiy-siyosiy tadqiqotlar markazining rahbari Vladimir Yevseevga ko’ra buning imkoni bor. “Taxminlarga ko’ra, Suriyada 1000-1300 tonnaga yaqin kimyoviy qurol mavjud. Bularni Uralga qarashli Kurganskaya mintaqasidagi Щuche shahrida yo’q qilish imkoni bor», deydi Vladimir Yevseev.
Yevseev kimyoviy qurollarni Suriyadan olib chiqish muammo ekanini ta’kidlar ekan, “kimyoviy zaxiralarni Suriyadan olib chiqishda yuzaga keladigan silkinish natijasida uning portlab ketmasligiga kafolat bera olmaymiz. Shunday bo’lish ehtimoli ham bor. Bundan tashqari kimyoviy zaxiralar yuklangan kemalar Bo’g’ozdan o’tish uchun Turkiyaning roziligi kerak. Turkiya bu kemalarni Bo’g’ozdan o’tishini ta’qiqlab qo’yishi mumkin”, deya bildirdi.
Qurol-yaroq bo’yicha mutaxassis Natalya Kalinina ham kimyoviy qurollarni Suriyadan olib kelish katta miqdorda sarf xarajat talab qiladi, degan fikrda. “Buning uchun xos kemalar va konteynerlar zarur bo’ladi. Xos guruh tashkil qilish va yo’l xavfsizligini ta’minlashni hisobga olganda sarf xarajat yanada ortadi. Demak, uni yo’q qilish uchun bir mlrd. Dollardan ham ortiq sarf xarajat kerak bo’lishi ham mumkin”, dedi u.
Ayni paytda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Suriyadagi kimyoviy qurollarni yo’q qilish mavzusida AQShni tovlamachilikda ayblamoqda. Unga ko’ra AQSh 7 moddaning amalga oshishini ta’minlash uchun tovlamachilik yo’liga o’tgan.
“AQShlik hamqasblarimiz bizga nisbatan tovlamachilik yo’liga o’ta boshladi. Rossiyaning BMT xavfsizlik kengashida 7 moddaga tegishli qarori qabul etilmaydigan bo’lsa kimyoviy qurolni ta’qiqlovchi tashkilotning faoliyati to’xtatilishini aytishmoqda. Bu holatda Jon Kerri bilan tuzgan bitimdan uzoqlashgan bo’lamiz. Avval kimyoviy qurolni ta’qiqlovchi tashkilot qaror qabul qilishi kerak edi, undan so’ng BMT xavfsizlik kengashi bu qarorni tasdiqlashi lozim edi. 7 modda asosiy mavzu emas edi”, dedi Lavrov.
Turkiston: Yuqoridagi Asadning rejimi tomonidan kimyoviy qurollarni topshirilayotgani haqidagi hayqiriqlar, AQSh va Rssiya tomonidan rejalashtirilgan loiha bo’lib, ikkinchi etapida muxolifat kuchlaridan ham o’z qo’llaridagi kimyoviy yoki yana boshqa qurollarini topshirish talab qilinadi.
Ular qo’llarida bu kabi qurollar yo’qligi haqidagi bayonotlari qabul qilinmaydi. Natijada ularga bosim uyushtirish uchun sharoit paydo bo’ladi. Halqaro tekshiruvlar o’tkazish lozimligi va yana shunga o’xshash mulohazalar ko’ra boshlanadi. Natijada ularni bu kabi qurollarni yashirayotganlikda ayblay boshlashadi. Reja ana shu maqsadni ro’yobga chiqarish asosiga qurilgan.
Hatto ilgari qo’llangan kimyoviy hujumlarni ham musulmonlar zimmasiga yuklashga harakat qilinadi. Xalqning bu ishlarga munosabatlariga ko’ra, Ahmad Jabra kabi qalbaki hukumat vakillari foydalanib qolishga urunib ko’rishadi. Ular hech bo’lmaganda Suriya xalqini ikkiga bo’lib berishga harakat qilishadi. Muvaqqat hukumatni Asadning o’rnini egallab olishi, Suriyani grajdanlar urushiga olib keladi. Lekin Allohning nusrati bilan, bu kabi makkor rejalar barham topadi insha Alloh.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.