Eron parlamenti vakillari Suriyaga tashrif buyurdi.

436
0

0

31 avgust kuni Eron parlamenti vakillari hay’ati Suriya halqiga birdamlik izhor qilish hamda vujudga kelgan vaziyatdan chiqib ketish yo’llarini muhokama qilish uchun Damashqqa kelishdi. Hay’atga parlamentning milliy xavfsizlik va tashqi siyosat bo’yicha qo’mitasi raisi Alouddin Borudjerdi etakchilik qilmoqda.

Eron Suriyaga nisbatan kuch ishlatishlikka qat’iyan qarshi chiqmoqda. Eron prezidenti Hasan Ruhoni g’arb mamlakatlarining Suriyaga harbiy aralashishligiga imkon qadar yo’l qo’ymaslik zarur ekanligini bayon qilgan. Uning so’zlariga ko’ra, harbiy operatsiya butun mintaqaga qimmatga tushadi, shuning uchun ham bu narsaning oldini olish uchun imkoniyatdagi barcha harakatni qilish zarur.

O’z navbatida Eronning oliy rahnamosi Ali Homanoi g’arb mamlakatlarini Suriya vaziyatiga harbiy aralashishlikdan ogohlantirib, “bu narsa butun mintaqa uchun halokatga aylanadi”, degan.

G’arblik diplomatik manbalar Suriya bo’xroniga G’arbning harbiy aralashuvi Eronning yadro programmasi xususidagi muzokaralarga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkinligini aytmoqdalar.

Turkiston:

Eronning tahdidi AQShga qo’l kelishi mumkin.

AQShning Shom masalasi bo’yicha tuzgan re’jalari ichida, suniylar bilan shi’alar aro urush paydo qilish maslaxatlari ham bor. Shuning uchun yuqoridagi tahdidlar, aks tasir qilib yuborishi ham mumkin. Lekin AQSh bu loixani mintaqadan umuman umidi uzulganida amalga oshirishni rejalashtirgan. Shuning uchun balki xozir bu tahdidlardan foydalanmas. Ammo bu kabi agressiv chiqishlar, kufr manfaatiga bir kun xizmat ko’rsatishi mumkin. Xatto yadroviy qurollarini ishlatib yuborishga ishora qilishi bilan xozirda AQShni emas, Islom yurtlarini qo’rqitish nazarda tutilgan. Negaki AQSh mintaqani tark etish arafasida turganida, unga bu erlarni Eronning yadro qurolidan saqlashdan qanday manfaat bor.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.