Obama Asadga hujum qiladimi?

449
0

images

AQSh va ittifoqdoshlari Suriyaga zarba berish uchun tayyorgarlikni oshirmoqda. Voshinton o’rta er dengizidagi vujudini kuchaytirish payida. Pentagon raisining aytishicha, AQSh yana Suriya sohiliga yangi harbiy kemalar jo’natadi.

Diqqat qaratish lozim bo’lgan nuqta shuki, Asad rejimi kimyoviy qurolni ishga solar ekan, bu bilan AQShning hujumiga yo’l ochayotganini bilmasligi mumkin emas. Agar Asad musulmonlarni qirg’in qilishni xohlasa, ommaviy axborot vositalarining diqqatini jalb qilmay turib, odatdagi quroli bilan ommaviy qirg’inlar uyushtirishi mumkin edi. Asad bundan avval ham bir necha marta Mujohidlar va tinch fuqarolarga qarshi kichik ko’lamda kimyoviy qurolni ishga solgan bo’lsa-da, biroq AQSh bunga qarshi harakatga kelmadi. Asad rejimi Voshingtondan ruxsat berilsagina, bu ko’lamda dahshatli bir qadam tashlay olishi mumkin, toki shu bahonada AQSh masalaga aralashib, o’z manfaatini saqlab qolsin.

Asadlar oilasi 43 yildan buyon AQSh manfaatlarini himoya qilib keladi. Hozirgi kunda ham AQShning Asad rejimiga ehtiyoji bor. Zero Suriya muxolafati orasida Asad rejimining o’rnini egallab, Amerikaning manfaatlarini ta’minlaydigan bir ittifoqchi topilishi juda qiyin bo’lmoqda.

Ammo oxirgi haftalarda mujohidlar ketma ket muvaffaqiyat qozona boshladi. Hizbulloh jangda og’ir talofatlar ko’rib zayiflashib qoldi. Bundan avval ham bir qancha g’alabalar qo’lga kiritilgan bo’lsada, biroq oxirgi g’alabalarning xos jihati shuki, harbiy bazalar va boshqaruv nuqtalarida katta miqdorda qurollar qo’lga kiritildi. Halabdagi Ming’ Aeroportini qo’lga kiritgan mujohidlar T-72 tanklari, tankka qarshi otiladigan raketalar, og’ir kaliberli pulimyotlar, 57mm rusumli Samalyotlarni urib tushirdigan raketalar, zambaraklar va bir qancha granatalarni qo’lga kiritdi. Eng muhim qo’lga kiritilgan g’animat Damashq atrofidagi zaxira bazasidan olindi. Bu erda mujohidlar Asadning qo’lidagi har turli tankni yo’q qila oladigan yuzlab raketalarni qo’lga kiritdi. Bu raketalar orasida “Fransız Milan”, “Rus Kornet”, “Konkur” va “Fagot”, kabi turlari bor. Qo’lga kiritilgan raketalardan “Rus Kornet” raketasi Asadning eng ilg’or tanklarini ham bemalol yo’q qila olishi mumkin.

Youtube video portalida joylashtirilgan videoda mujohidlar qo’lga kiritgan katta miqdordagi turli raketalar namoyish qilinadi. Raketalar bilan birma-bir tanishtirgan mujohid Asadni qulatish uchun G’arbga aslo ehtiyoj yo’qligini ta’kidlaydi.

https://www.youtube.com/watch?feature=player_embedded&v=t0CemZTY5iI

Demak, Asad rejimi mujohidlar qarshisida mag’lub bo’lishga yaqin qolgan bir paytda, endi masalaga AQSh aralashishi kerak bo’lib qoldi.

Shu vaqtgacha Asad Mujohidlardan ko’ra ikki ustunlikka ega edi, ya’ni u og’ir zirhli qurollarga va havo kuchlariga ega edi. Endi esa mujohidlar tankka qarshi otiladigan raketa orqali erdagi zirxli tanklar hujumini qaytarish va samalyotga qarshi raketalar bilan havo hujumini bartaraf qilish imkoniyatiga ega bo’lishdi. Demak, harbiy strotegik muvozanat o’zgardi. Bu esa AQShning Suriyaga hujum qilish sababini ko’rsatib turipti.

Shunga ko’ra, AQShning Suriyaga nisbatan harbiy amaliyotidan ko’zlagan maqsadi quyidagichadir:

1. Mujohidlar qo’lga kiritgan har qanday og’ir va jangavor qurilmalarni yo’q qilish.

2. Al-Qoida va Jabhatun-Nusra kabi Islomiy guruhlardan keladigan xatarni yo’q qilish uchun uchuvchisiz samalyotlarni ishga solishga imkon yaratish.

3. Asad rejimi tamoman qulab Mujohidlar boshqa davlatlar ta’siridan xoli, mustaqil bir davlat, ya’ni Islomiy davlat tiklagan hollarida unga qarshi kurashga tayyor turish.

AQSh Suriyaga erdan hujum qilishni istamayapti. Shu sababli agar VMT bir qaror chiqarmasa NATO ittifoqi tomonidan cheklangan bir havo hujumi uyushtirshi mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.