Ey Suriya musulmonlari! Aslo aldanmang

321
0

1

Iordaniyalik buyuk olim Doktor Iyod Kunaybining qalb nidolari.

“Ey Suriya musulmonlari! Aslo aldanmang”

G’arbning sizga har qanday turda yaxshilik qilishiga va sizni g’am tashvishdan xolos qilishiga ishonyapsizmi?! Ularning Iroqda, Afg’onistonda va musulmonlarning boshqa o’lkalarida qilgan va hozirda davom ettirayotgan jinoyatlarini aslo unutmang.

Ular go’daklarni qatl etishdi, uylarni vayron qilishdi, ko’chalarning o’rtasida insonlarni o’ldirishdi, ayol ozodligi deya og’iz ko’pirtirishlariga qaramay, muslima ayollarning nomuslarini toptashdi.

Ta’qiqlangan kimyoviy qurolni ishga solishdi. Kimyoviy kurollarni diktator rejimlarga sotgan ham o’shalarning o’zlari. Erkaklarni yalong’och qilib, bo’yinlariga ip bog’lab masxara qilishdi. Oilalarining ko’z o’ngida ularni xo’rlashdi.

Na kattaga hurmat ko’rsatdi, na kichikka izzat. Bolalarni nogironga aylantirishdi, ulug’ insonlarni boshlariga qop kiygizishdi, qatl qilingan musulmonlar jasadlarining ustida suratlarga tushishdi. Ularning ustiga bavl qilishdi, hatto insonlarni tiriklayin yoqishdi.

Insonlarni boshlarini kesib yog’ochlarga osib qo’yishdi, barmoklarini kesib estalik uchun saqlab qo’yishdi. Fikr erkinligining himoyachilari og’izlarni tikishdi. Ikki daryo sohiblari suvsizlikka mahkum etildi.

Qur’oni karimni oyoq osti qilishdi, masjidlarni yoqishdi, musulmonlarning bolalarini xiristiyanga aylantirishdi.

Siz endi ba’zi Suriyaliklarning ular bilan koalitsiya tuzganini ko’rib, yuqoridagi ishlarini bizga nisbatan amalga oshirmaydi, deb o’ylayapsizmi?!

Ular iroqliklar va afg’onistonliklar bilan ham koalitsiya tuzishgan edi. Tuzgan bitimlari ularni jinoyat qilishiga to’siq bo’lmadi, aksincha, ular bilan koalitsiya tuzganlar o’z xalqini ezish uchun ularga yordamchi bo’lishdi.

Ey Suriya musulmonlari!

Sizning birodarlaringiz bo’lgan mujohidlar sizlarga nisbatan G’arb amalga oshirgan jinoyatlarni qilishi mumkinmi?

Sizni qutqarish va nomuslaringizni himoya qilishga harakat qilayotganlar sizning birodarlaringizdir.

Alloh taolo Moida surasida shunday marhamat qiladi:

“Sizlarning do’stingiz faqat Alloh, Uning payg’ambari va ta’zim-tavoze’ qilgan hollarida namozni to’kis ado etadigan, zakotni (haqdorlarga) ato etadigan mo’minlardir. Kimki Allohni, uning payg’ambarini va mo’minlarni do’st tutsa, (najot topgay), zero faqat Allohning guruhigina g’olib bo’lguvchidir”.

Dr. İyad Kunaybi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.