Men afsusdaman, dadajon

442
0

0

Birlashgan Arab Amirligining bosh vaziri va Dubay amiri Muxammad bin Rashid al-Maktumning qizi Mehra Muhammad bint Roshid al-Maktum arabpress.net.ua saytining bir maqola yozishiga turtki bo’ldi. Chunki u o’zining facebookdagi sahifasida otasining ishlariga nisbatan o’zining ta’sirli fikrlarini bildirdi.

Mehra Muhammad xonim facebookdagi o’z sahifasini ko’zdan kechirarkan, uning ko’zi Saudiya qiroli Abdulloh as-Saud bilan birga turgan otasining suratiga tushdi. Surat ostida “New York Times gazetasidan olingan “Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari general as-Sisini pul bilan ta’minlamoqda, ular Mursiga qarshi kelishuvga ega” – degan iqtibos keltirilgan edi. Bundan ta’sirlangan qiz otasining rasmi ostida “Men afsus qilaman, dadajon, bizning pullarimiz evaziga insonlar qoni to’kilayotganidan afsus qilaman”, deya o’z fikrlarini yozib qoldirdi.

Mehra Muhammad bu so’zlar bilan kifoyalanmadi, balki yana surat ostiga shunday so’zlarni ilova qildi: “Ming afsuski, bu ishlarga mening otam xam aralashgan, axir bu aqida masalasi emasmi?!”.

Dubay amirining qizi Mehra Muhammad xonimning facebookdagi sahifasini kuzatganlarning guvohlik berishicha, undagi e’tiborni tortadigan asosiy mavzular Misrdagi musulmonlarning qirg’in qilinishi va Suriyadagi qo’zg’olonchilarni qo’llab quvvatlashga qaratilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.