Isroil as-Sisiyni iqtisodiy jihatdan dastaklashga chorlamoqda

295
0

920960_3

Isroil tarafidan general as-Sisiy boshchiligidagi harbiy inqilobning qonuniyligini mustahkamlash uchun zudlik bilan Misrni iqtisodiy jihatdan dastaklashga chaqiriqlar ko’paymoqda.

Harbiy sharhlovchilar, yozuvchilar, mutaxassislar va siyosatchilar “Isroil as-Sisiyni dastaklash va misrliklar orasida ishsizlik nisbatini kamaytirish imkoniyatiga egadir”, degan fikrni o’rtaga tashladilar. Ularning e’tibor qilishicha, Iordaniya va ko’rfaz davlatlarining aksaryati bu tamoyilni qo’llab quvvalaydi.

As-Sisiy hukumatini dastaklash uchun “Marshal rejasi”ni ijro qilishga chaqirgan harbiy tahlilchi Ron Ben-Ishay G’arbni Misr inqilobining muvafaqqiyatsiz yakun topishi oqibatlaridan ogohlantirgan. Bu xabarni Isroilga qarashli “Vay net” axborot sayti o’z maqolasida nashr qildi.

Shuningdek, Ishay hech ikkilanmay inqilob etakchilarini qo’llab quvvatlashga undar ekan, ularning Islomni yangidan maydonga qaytarish uchun harakat qilayotgan kishilarga qarshi kurashayotganligiga e’tibor qaratdi.

U Misrga investittsiyalarni jalb qilish va yoshlarga fursat paydo qilish yo’lida milliardlagan dollarlarni to’kib tashlash zarurligini ma’lum qildi. Toki bu yoshlar ayni mablag’ yordamida as-Siysiy hukumatining barqarorligiga tahdid soladigan qo’zg’alon yuzaga kelishiga to’sqinlik qila olsinlar.

Isroil ayni rolni Iordaniya va ko’rfaz davlatlari bilan taqsimlab olganligiga e’tibor qaratgan Ishay Amerikani as-Sisiy rejimini dastaklashga majbur qilish uchun Isroil Voshingtondagi barcha nufuzini ishga solishi lozimligini ta’kidladi.

Ayni mavzuda Isroilning sobiq tashqi ishlar vaziri Alvan Liyfin zudlik bilan ziroat va suv masalasida as-Sisiy rejimiga yordam qo’lini cho’zishga chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, as-Sisiy rejimining barqarorligi ikki taraf o’rtasida strotegik sherikchilik ko’rinishlarini davom etishiga imkon yaratadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.