Qadr tunida duoga qo’l ochildi

280
0

1

Yer yuzining barcha joyida zolimlar musulmonlarning nohaq qonlarini to’kishda davom etmoqda. Bunday qirg’inlar hatto muqaddas ramazon oyida ham to’xtamadi.

Ma’sum go’daklarning va nomuslari toptalgan muslima xotin-qizlarning faryodlari er-u ko’kni larzaga solmoqda.

Yer yuzining qaerida bo’lmasin, erkin nafas olayotgan har bir musulmon bu ishlar haqida muqarrar hisob-kitob qilinajak. Mazlumlarni yordamsiz holda zolimlarning qo’liga topshirib qo’yish musulmon uchun aslo joyiz emas.

Hizbut-Tahrir Turkiya viloyati er yuzidagi mazlum musulmonlar tarafida turib, barcha zolimlarga qarshi ekanligini izhor etar ekan, “Mazlum musulmonlar uchun qo’llarimizni duoga ochaylik”, deya muqaddas Ramazon oyining muqaddas qadr tunida Turkiyaning o’ttizdan ortiq yirik jome masjidlarida qunut duosi marosimi tashkil qildi

Laylatul qodr tongida, Bomdod namozidan so’ng bo’lib o’tgan qunut duosi marosimida zolimlarga qarshi duolarga qo’l ochildi. Suriya, Misr, Burma, Afg’oniston, Iroq va O’zbekistondagi va er yuzining turli burchaklaridagi mazlum musulmonlar haqqiga ko’zlarda yosh bilan duolar qilindi.

Jumladan, “ey Allohim, o’zing ko’rib, bilib turibsan, Suriya Tog’uti musulmonlarni yoshu-qari, erkagu-ayol demay, qirg’in qilmoqda. Misrda kufr malaylari “Ixvonul-muslimin” birodarlarimizdan yuzlagan musulmonlarni ro’zaning kunida qatl qildi. Burmada butparast mushriklar musulmonlarni ommaviy ravishda tiriklayin yoqishdi. O’zbekiston qamoqxonasida xolis musulmonlar o’n yillardan buyon aziyat chekmoqda. Iroq, Afg’oniston va Pokistonda kun sayin portlashlar oqibatida tinch fuqarolar hayotdan ko’z yummoqda. Allohim sendan yolvorib so’raymiz, bu ishlarning barchasiga barham beradigan Xalifalik davlatini tiklash uchun nusrat bergin. Kofirlarga o’zing kifoya qilgin. Musulmonlikni da’vo qila turib kufrga xizmat qilayotganlarga hidoyat bergin. Agar ular sening hidoyatinga yurmasa ularga Qahhor, Jabbor isminga loyiq muomala qilgin”, degan duolar ila Qodir Allohga nolalar qilindi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.