Turkiya genshtabining sobiq boshlig’i umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.

274
0

0

Turkiya sudi sobiq genshtab boshlig’i 70 yoshli general Ilker Bashbugni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Uni Toyip Erdug’on hukumatini ag’darishlik uchun til biriktirganlikda aybdor deb topishdi.

Xuddi shunday jazo yana bir nechta yuqorilavozimli armiya zobitlariga nisbatan belgilandi. Umumiy xisobda qirqqa yaqin kishi aybdor deb topilib, turli muhlatga ozodlikdan mahrum qilindi, yigirmadan ortig’i oqlandi.

Sud yig’ilishi vaqtida bino qarshisiga mingdan ortiq namoishchilar to’planib sudlanuvchilarni jazolashlariga qashi norozilik izhor qilishgan. Namoishchilarni tarqatib yuborish uchun politsiya ko’zdan yosh oqizuvchi gaz qo’llagan.

Harbiylardan tashqari, mazkur ish bo’yicha, olimlar, yuristlar va jurnalistlar ham javobgarlikka tortilishgan, hammasi bo’lib 275 kishi.

Turkiston:

Turk hukumati angliyaparast deb gumon qilingan siyosatchi va ilgarigi xarbiy qo’mondonlarni qamoqqa olishda davom etishi, davom etib kelayotgan norozilik namoishlariga bog’liq.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.