FITR SADAQASI XAQIDA QISQAChA MA’LUMOT

732
0

ramadan_1

بسم الله الرحمن الرحيم

 “fitr” sadaqasi Ibn Umar(r.a)ning rivoyat qilgan hadisi bilan vojib bo’lgan. Rosululloh(s.a.v) dedi: erkak yoki ayol, yosh yoki qari bo’lsin har bir hur va qulga fitr sadaqasi bir so'(bir soo vazni 2,176kg.ga to’gri keladn) hurmo va bir so’ arpa farz bo’ldi. Termiziy rivoyati. Rosululloh(s.a.v) bir xutbasida dedi: yosh yoki qari bo’lsin har bir hur va quldan fitr sadaqasini yarim so’ bug’doy yoki bir so’ hurmo yoki bir so’ arpa ado qilinglar. Fitr sadaqasini vojib bo’lish sababi ta’minoti zimmasida bo’lgan xar bir jon boshi, ya’ni xar bir jon boshidan fitr sadaqasini berish vojib, yangi tug’ulgan chaqaloq bo’lsa ham. Ado qilishning sunnat vaqti iyd namoziga chiqishdan avval, quydagi Ibni Umar(r.a)dan rivoyat qilingan hadisga muvofiq: Rosululloh(s.a.v) ularni fitr sadaqasini namozgohga chiqishlaridan avval ado qilishlariga buyurar edi va dedi: ularni shunday kunda so’rovchilikdan bexojat qilinglar. “fitr” sadaqasini boy odam berishi vojib, kambag’al odam berishi sunnat. Boylar kambag’allarga beradilar, kambag’allar esa bir-birlariga.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.