Djon Kerri Mursining ketishini demokratiyaning qayta tiklanishligi deb atadi.

287
0

001

AQSh hamda boshqa davlatlar, Misrdagi qarama qarshi tomonlar birgalikda mamlakatdagi inqirozga siyosiy echim topishlari uchun ularga ta’sir ko’rsatishga harakat qilmoqda. Bu haqda AQSh davlat kotibi Djon Kerri bayon qildi.

“Biz boshqa davlatlar bilan birgalikda, demokratiyaga hamda barcha insonlar huquqlarining rioya qilinishligiga yordam beradigan tinchlik echimi topish uchun tomonlarni bir biriga yondoshdirishlik yo’lida tinmay harakat qilamiz”, – dedi Kerri.

Davlat kotibi Misrning vaqtinchalik hukumatini norozilik izhor qiluvchilarga tinchlik namoishlarini o’tkazishlari uchun imkon yaratib berishlariga chaqirdi. U shuningdek, Misr oddiy holiga qaytishi kerakligini va barqarorlikni qayta tiklab, tadbirkorlarni yana jalb qilishni boshlashligi kerakligini qayd qildi.

Avvalroq Djon Kerri prezident Mursining ag’darilishini “demokratiyaning qayta tiklanishligi” deb atagan. Bu bayonot Kerrining Pokistonga tashrifi chog’ida berilgan. U shuningdek Misrda hokimiyatning almashishligini harbiylarning millionlagan fuqarolarning mamlakatni alg’ov-dalg’ovdan qutqarish uchun vaziyatga aralashishi haqidagi iltimosini bajarishi qatori baxolagan. Shu tariqa Vashington Mursining ketishini harbiy to’ntarish deb baxolashni rad etdi. Aks holda, AQSh Misr bilan harbiy hamkorlik qilishdan bosh tortishi hamda yiliga Misrga yordam qatori berayotgan 1.5 mlrd dollarni to’xtatishligi kerak bo’lar edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.