Mazlum oilalarga yordam qo’lini cho’zish jinoyat

460
0

1

http://hizb-uzbekistan.info/ saytidan olingan xabarga ko’ra, Kuni kecha Andijon shahrida bir necha musulmon erkak va muslima ayollar “ Hizb ut- Tahrir” islomiy siyosiy partiyasiga aloqadorlikda ayblanib, ular ustidan hukm o’qilgan. Andijon viloyati Qorasuv shahri turg’uni, 1966 yilda tug’ilgan Botirov Ahmadali olti yilga va 1954 yilda tug’ilgan 60 yoshni qarshilagan onaxon Sotvoldieva Muhabbat besh yarim yilga ozodlikdan maxrum etildilar. Qolganlarga esa uy qamog’i va boshqa turdagi jazolar tayinlandi.

Ozodlikdan mahrum etilgan Botirov Axmadali aka va Sotvoldieva Muxabbat opa mazlum xonadonlarga moddiy yordam ko’rsatganligi uchun aybdor deb topilgan. Sud jarayonida ularning mazlumlarga yordam qo’lini cho’zishligi “terrorist va ekstremist”larga xomiylik qilish sifatida talqin qilingan.

Joriy yilning fevral oyida xam MXX va IIV xodimlari tomonidan “terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash” amaliyoti o’tkazilib, bir necha oy davomida ozgina dinga moyilligi bor musulmonlar tergov idoralariga muntazam chaqirtirilib turilgan. Tergov jarayonida ularga do’q-po’pisa, kamsitish va haqoratli so’zlar bilan muomala qilingan. Ba’zilarni, ayniqsa muslima ayollarni hiyla-nayrang va moddiy yordamlar bilan qiziqtirish orqali musulmonlar va muslimalar xaqidagi ma’lumotlarni etkazishni, ya’ni umuman olganda, o’zlariga josus sifatida ishlab berishni talab qilishgan. Maqsadiga erisha olmagach, ularga ham turli haqoratlar va do’q po’salarni ishga solgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.