Muhojirlarga rus tili bahonasida xristian dini ta’lim berilmoqda.

682
0

001

O’tgan yili Rossiyaga ishlagani kelgan mehnat muxojirlari rus tilidan imtihon topshirishlari ko’zda tutilgan qonun qabul qilingan edi.

Mazkur qonunga muvofiq, Rossiyada ishlashni istovchi barcha xorijliklar rus tilini o’rganishlari va shu bo’yicha imtihon topshirishlari shart.

Qaror e’lon qilingandan so’ng mamlakat oliy o’quv yurtlari va xalqaro maorif bo’limlari qoshida rus tilidan ta’lim beradigan va imtihon qabul qiluvchi ikki yuzga yaqin markaz ochilganligi xabar qilindi.

Shundan so’ng Rossiya Federal qonuniga o’zgartirish kiritilib, mehnat muhojirlari Rossiyada ruxsatnomasiz mehnat faoliyati bilan shug’ullanishiga ruxsat berildi.

Bugunga kelib ma’lum bo’lishicha, Rus pravaslav cherkovi Rossiyaga ishlash uchun borgan mehnat muhojirlarga rus tili va madaniyatini o’rgatish bahonasida xristian dinini ta’lim bermoqda.

Patriarxi Kirill va Federal Migratsiya Xizmati rahbari Konstantin Romadanovskiy o’rtasida birgalikda harakat qilish kelishuvi imzolanib, muhojirlarni mamlakatga moslashuvida yordamlashish, rus tili va madaniyatini o’rganishlariga oid masalalar bo’yicha hamkorlikda ishlash dasturi ishlab chiqilgan.

Cherkovlar huzurida muhojirlar uchun rus tili kurslari tashkil etilib, markaziy osiyolik mehnat muhojirlariga rus tili va madaniyati, tarixidan bepul darslar o’tkazilib kelinmoqda.

Chetdan qaraganda, go’yo mehnat muhojirlari uchun g’amxo’rlik qilish boshlangandek. Ammo ba’zi cherkovlarda rus tili darslari o’rniga xristian dini targ’ib etilmoqda, deya yozadi ozodlik sayti.

“Biz muqaddas kitob o’qiyapmiz, o’quvchilarimizning qiziqishlari baland. O’zbeklar bilan o’z tilida gaplashish tez til topishishimizning oson yo’li. Darslarimizda bildikki, o’zbeklar Islom haqida kam bilar ekanlar, Bu ham Xudoning inoyati, qancha kam bilishsa, ular bilan gaplashish shuncha oson”, deydi rus tili o’qituvchisi Olga.

Cherkovlardagi darslarga qo’shimcha, o’zbek tiliga tarjima qilingan “Hayot kitobi” bepul tarqatilmoqda.

Mehnat muhojirlariga rus tilini o’rgatish pardasi ortida aftidan juda katta loyihalar mo’ljallangan. Ieromonax Dmitriy Pershinning bergan ma’lumotiga ko’ra, Missionerlik komissiyasi tomonidan muhojirlar uchun bir necha tillarda qo’llanmalar tayyorlangan. Barcha kitob va qo’llanmalar eparxiya byudjeti hisobidan chop etilib, bepul tarqatilmoqda.

Rossiya federal migratsiya xizmatining ma’lumotlariga ko’ra, mamlakatga har yili 13-14 milliondan ortiq muhojirlar kelishadi.

Ularning qariiyb 77 foizi sobiq Ittifoq respublikalari, jumladan, Markaziy Osiyodan borayotgan fuqarolar ekanligi aytiladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.