Kutilmagan tashrif bilan Djon Kerri Pokistonga keldi.

395
0

001

AQSh davlat kotibi Djon Kerrining kecha, 31 iyul kuni boshlangan Pokistonga tashrifining markaziy e’tibori terrorizm bilan kurashish muammosiga qaratiladi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Djey Karni Amerika diplomatiyasi etakchisining Islomobodga kelishini izohlar ekan, bayon qildi. Xavfsizlik yuzasidan bu tashrif haqida avvaldan ma’lum qilinmagan edi.

Kerri Pokiston poytaxtiga etib kelganidan keyingina AQSh davlat departamenti matbuot xizmati Kerrining “mamlakatning yangi grajdan hukumati bilan keng doiradagi masalalarni, jumladan, xavfsizlikni kuchaytirish, Pokiston iqtisodini mustahkamlash, Qo’shma Shtatlar va Pokiston grajdanlari o’rtasidagi aloqalarni kengaytirish va shuningdek mushtarak manfaatli mintaqaviy muammolarni” muhokama qilishini ma’lum qildi.

Muzokaralarda, shuningdek, amerika qo’shinlarini Afg’onistondan olib chiqib ketishda Pokiston qo’llov ko’rsatishi masalasiga ham to’xtalishlik kutilmoqda. Amerika harbiy texnikasi va qurol-yarog’ini Afg’onistondan olib chiqib ketuvchi asosiy yo’l Pokiston hududidan o’tadi.

AQSh davlat kotibi lavozimiga tayin qilingandan beri, Kerri Pokistonga ilk marotaba tashrif buyurmoqda. Islomoboddan kaytishda u, britan rasmiy shaxslari bilan maslahat qilish uchun Londonda to’xtab o’tishlikni rejalashtirgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.