AQSh harbiy razvedkasi boshlig’ining o’rinbosari Devid Shedd Suriya ichki bo’xroni oylab, hatto, yillab davom etishi mumkin deb xisoblaydi. Bu fikrni u Kolorado shtatining Aspen shaxrida xavfsizlik masalalari bo’yicha o’tgan konferentsiyada bildirdi.
Uning fikricha, “hammasi nihoyasiga etgach (ya’ni Asad qulagach) ular (Suriya muxolifati qurolliy guruhlari namoyondalari) uylariga tarqab ketmaydilar”.
“Ular (paydo bo’lgan) bo’shliq uchun kurashadilar va bu hol uzoq davom etadi”, – dedi Shedd.
U shuningdek, radikal islomchi guruhlar boshqalar ustidan g’olib kelishi mumkinligi haqida ham fikr bildirdi. Uning aytishicha, ayni vaqtda Suriyada mingdan ortiq muxolifchi guruhlar mavjud va ularning maqsadlariyu yo’nalishlarini aniqlab olishning ilojisi yo’q.
“Ular tekshirilmagan holda qolib ketmoqda va men qo’rqamanki – eng radikallari boshqalar ustidan g’olib keladi”, – dedi razvedka boshlig’i o’rinbosari.
Suriya bo’xroniga to’g’ridan-to’g’ri aralashib qolishlikdan AQSh o’zini saqlab qola oladimi, degan savolga u: “Biz uchun mintaqadagi ittifoqdoshlarimizga tayangan ma’qulroq”, – deb javob berdi.
Turkiston:
Sheddning Suriya haqidagi gaplari siyosiy tahlil yoki bashorat emas. U AQSh boshliq xalqaro siyosatga ta’sir quvvatiga ega barcha kufr davlatlarining pozitsiyasini bayon qildi. Ular Suriya ichki muammosini o’z manfaatlari tomon yurita olmaganlaridan, Islomni siyosiy bo’shliqni egallab olishi mumkin bo’lgan tinchlik xolatini paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaydi. Urush ularning fitnalari bilan ma’lum muddatlarga cho’ziladi. Xatto Asaddan keyin ham g’alabaga erishgan quvvatlar bir necha bo’laklarga bo’lishga xarakat qilinadi. Ularning o’rtalariga ham nizo urug’lari sepilishi xaqida gapirmoqda. Lekin qaysi guruh qanday ma’naviy xolatda ekanligi noma’lum deganidan, xozircha ularning birortasiga ishona olasligini aytmoqda.
“Biz uchun mintaqadagi ittifoqdoshlarimizga tayangan ma’qulroq”, deganidan mavjud ishonchlik avvaldan hamkorlik qilib kelayotgan quvvatlarni nazarda tutdi. Ular Qatardagi koalitsion muxolif kuchlar, turkiyadagi yig’ilib qolgan ba’zi bir kuchlar va Asadning rejimining o’zi.
Rodikal islomchilar xavfidan gapirayotganda esa, xalqning ra’yi ular Islom sistemasini olib kelayotganlar tomonga tezlik bilan o’tib borayotganidan ta’sirlangan. Chunki xaqiqiy siyosatchilar, asl quvvat xalqning ra’yiga bog’liqligini juda yaxshi bilishadi.