FIKR VA BOShQA FIKR

508
0

images-33

Musulmonlar fikrga qanday munosabatda bo’lishlari kerak?

Albatta, muslim Alloh Taoloning barcha narsa qo’lida bo’lgan qudratli, holiq ekanligiga ishonadi va yaratish, yo’qdan bor qilish kimning qo’lida bo’lsa, amr ham, tasarruf ham uning qo’lida bo’lishi lozim deb iymon keltiradi. Yo’qdan bor qilgan Alloh O’zi yaratgan narsasini biladi, odamzot hayotiga Uning O’zi tartib beradi. Shuning uchun Allohga iymon keltiradigan muslim nizomni Allohdan boshqasidan olishi joiz emas.

Muslimning Allohga bo’lgan iymoni aqliy qanoatdan va qat’iy ishonchdan kelib chiqqandir. Bu iymon Alloh yaratgan va nozil etgan oyatlari ustida fikr yuritishni talab etadi. Demak, Allohga iymon keltirish mavzusida muslimga boshqalar fikrni eshitishi va iymonga da’vat etish uchun o’z fikrini boshqalarga ham eshittirishi vojib. U kapitalistik, ilmoniy (dinni hayotdan ajratish), nasroniy, yahudiy va buddiy odamlar bilan va fikrda o’ziga qarshi chiqqan har qanday kishilar bilan munozara qilishi va o’zining so’zini dalillar bilan quvvatlashi vojib. Alloh Taolo aytadi:

هَذَا خَلْقُ اللَّهِ فَأَرُونِي مَاذَا خَلَقَ الَّذِينَ مِنْ دُونِهِ

–„Bular Alloh yaratgan narsalardir. Endi (ey mushriklar) sizlar Menga Undan o’zga «xudolar» nimalarni yaratganini ko’rsatinglar-chi!“ [31:11]

Yana aytadi:

وَضَرَبَ لَنَا مَثَلاً وَنَسِيَ خَلْقَهُ قَالَ مَنْ يُحْيِ الْعِظَامَ وَهِيَ رَمِيمٌ قُلْ يُحْيِيهَا الَّذِي أَنشَأَهَا أَوَّلَ مَرَّةٍ وَهُوَ بِكُلِّ خَلْقٍ عَلِيمٌ

–„U Bizga: «Chirib bitgan suyaklarni kim ham tiriltira olur?» deb, misol keltirdi-yu, (ammo) o’zining (bir tomchi suvdan) yaralganini unutib qo’ydi. (Ey Muhammad), ayting: «U (chirigan suyak)larni dastlab (bir tomchi suv)dan paydo qilgan zotning O’zi qayta tiriltirur. U (O’zi yaratgan) barcha xalqni bilguvchidir»“. [36:78-79]

Alloh Taolo yana marhamat qiladi:

قُلْ هَاتُوا بُرْهَانَكُمْ إِنْ كُنتُمْ صَادِقِينَ

–„Ayting (ey Muhammad): «Agar rostgo’y bo’lsangiz, hujjat keltiring!»“ [2:111]

Rosululloh(s.a.v)dastlab mushriklarning so’zlarini eshitar, so’ng o’z fikrlarini bayon etar va ularga Qur’on oyatlaridan tilovat qilar edilar. Ammo nizom haqida muslim boshqalarni qanoatlantirish uchun ular bilan munozara qilmaydi. Buning tafsiloti shundan iboratki, muslim shariatning biror hukmini aqliy qanoat bilan olmaydi. Balki uni bilguvchi va xabardor Alloh tomonidan degan e’tibor bilan oladi. Demak, uning shariatni olishi sam’iy (eshitish orqali) naqliy bo’ladi. Shariat aqldan ustundir, uni aqlan munoqasha-munozara etib bo’lmaydi. Shuning uchun muslim ro’za tutadi, namoz o’qiydi, zakot beradi. Negaki, Alloh uni shunga buyurgan, unga bularni bajarish kayfiyatini belgilab bergan. Muslim – Alloh shuni belgilab qo’ydi, – degan e’tibor bilan erning ham ayolning ham yashirishi vojib bo’lgan avrati mavjud, ular aralashib yurishi, xilvat joyda yolg’iz qolishlari mumkin emas, deb qaraydi. U -to’ng’iz go’shtini, o’laksa, qon va Allohdan boshqaga atab so’yilgan jonivor go’shtini iste’mol qilishi mumkin emas. Bunga hech qanday aqliy sabab izlamaydi. Muslim – oldi-sotti, shirkatlar paydo qilish, mulkni o’stirish, molni sarflash kabi barcha muomalalarini shar’iy ahkomlarga muvofiq bajaradi. U butun hayotida Islomga amal qilishi vojib. Shunda u iqtisod, ijtimo, siyosat, jihod kabi hayot nizomlarini tatbiq etib beradigan Islom davlati panohida hayot kechiradi. Chunki Alloh shunga buyurgan.

Har qanday shar’iy hukm ustida g’ayrimusulmonlarni qanoatlantirish uchun yoki ularning fikrlaridan qanoatlanish uchun ular bilan aslo munozara etib bo’lmaydi. Balki muslim ularni Allohga iymon keltirishga da’vat etishi, ular bilan shu haqda munozara-munoqasha bahs qilishi va fikrlariga ularni qanoatlantirish uchun jiddu-jahd bilan harakat qilishi vojib. Agar Allohga bo’lgan iymonni qabul etsalar, Uning nizomini ham qabul qiladilar. Agar iymonni inkor etsalar, Uning nizomini ham inkor qilishadi.

Demak, muslim qabul qilgan Islomiy nizom unga da’vat etayotgan tariqatning aynan o’zidir. Shuning uchun muslim boshqalar bilan nizom haqida bahslashishi ham va ularni nizomga aloqador boshqa fikrlarni qabul qiluvchi deb hisoblashi ham mumkin emas. Alloh marhamat qiladi:

وَمَا كَانَ لِمُؤْمِنٍ وَلاَ مُؤْمِنَةٍ إِذَا قَضَى اللَّهُ وَرَسُولُهُ أَمْرًا أَنْ يَكُونَ لَهُمْ الْخِيَرَةُ مِنْ أَمْرِهِمْ

–„Alloh va Uning payg’ambari bir ishni hukm qilgan-buyurgan vaqtida biron mo’min va mo’mina uchun (Allohning hukmini qo’yib) o’z ishlarini ixtiyor qilishi joiz emasdir“. [33:36]

Alloh Taolo yana aytadi:

فَلاَ وَرَبِّكَ لاَ يُؤْمِنُونَ حَتَّى يُحَكِّمُوكَ فِيمَا شَجَرَ بَيْنَهُمْ ثُمَّ لاَ يَجِدُوا فِي أَنفُسِهِمْ حَرَجًا مِمَّا قَضَيْتَ وَيُسَلِّمُوا تَسْلِيمًا –„Yo’q,

Parvardigoringizga qasamki, to ular o’z o’rtalarida chiqqan kelishmovchiliklarida sizni hakam qilmagunlaricha va keyin siz chiqargan hukmdan dillarida hech qanday tanglik topmay, to’la taslim bo’lmagunlaricha-bo’ysunmagunlaricha zinhor mo’min bo’la olmaydilar“. [4:65]

Alloh Taolo yana marhamat qiladi:

أَلَمْ تَرَ إِلَى الَّذِينَ يَزْعُمُونَ أَنَّهُمْ آمَنُوا بِمَا أُنزِلَ إِلَيْكَ وَمَا أُنزِلَ مِنْ قَبْلِكَ يُرِيدُونَ أَنْ يَتَحَاكَمُوا إِلَى الطَّاغُوتِ وَقَدْ أُمِرُوا أَنْ يَكْفُرُوا بِهِ وَيُرِيدُ الشَّيْطَانُ أَنْ يُضِلَّهُمْ ضَلاَلاً بَعِيدًا

–„(Ey Muhammad) o’zlarini sizga nozil qilingan narsaga (Qur’onga) va sizdan ilgari nozil qilingan narsalarga iymon keltirgan deb hisoblaydigan (ayrim) kimsalarning shaytonga hukm so’rab borishni istayotganlarini ko’rmadingizmi? Xolbuki, ularga unga ishonmaslik buyurilgan edi. (Chunki) shayton ularni butunlay yo’ldan ozdirishni istaydi“. [4:60]

Bularning barchasi musulmonlar bilan g’ayrimusulmonlar orasidagi gap. Ammo musulmonlarning o’zaro munosabatlarida esa, albatta Islom aqidasi tortishish va ixtiloflashish mavzusi emas. Chunki uning ahkomlari qat’iydir. Balki u tafakkur, tadabbur, chuqur o’rganish mavzusidir, toki Allohga bo’lgan aloqa kuchaysin, Uning buyruqlariga bo’ysunish kuchli shaklda kamoliga etsin.

Ammo musulmonlar orasida shar’iy ahkomlarni munozara etish faqat ijtihod shartlari topilganlargagina joiz, xatto bu ish talab qilinadi. Chunki muslim nizomga aloqador shar’iy nusus-hujjatlarga murojaat qilganda, goho faqat birgina ma’noni ko’taradigan qat’iy «nass» (nusus)larga duch keladi. Bu «nass»larda ixtilof qilish aslo mumkin emas, undagi hukm Islom hukmidir. Gohida maqsadni tushunish uchun ijtihod va qiyosga muhtoj bo’ladigan zonniy (gumonli) «nass»larga duch kelinadi. Mujtahidlar mana shu nasslarda usulvashar’iyqoidalargarioyaqilishshartibilan ixtilofli, xilma-xil fikrlar bildirishlari mumkin. Har bir mujtahid shunday fikrlashi kerakki, u anglab etgan narsa shu masala haqidagi Allohning hukmi bo’lib, u o’sha hukmga amal qilishi vojib. Boshqalar etgan narsa esa ularning ustidagi shar’iy hukm. Ular ham unga rioya qilishlari vojib. Mujtahid o’zidan boshqaning tushunchasiga Islomiy tushuncha deb qaraydi, boshqa mujtahid ham uning tushunchasini Islomiy tushuncha deb biladi. «Fikr… va boshqa fikr» tushunchasi musulmonlar orasida shar’iy ahkomlarni istinbot etishga aloqador o’rinlarda mana shunday chiroyli ko’rinishda tatbiq etiladi. Tashri’ (qonun chiqarish)ga aloqador Islomiy fikr uchun esa behojatlik omilini shakllantiradi.

Musulmonlar «boshqa fikr» tushunchasi bilan shunday muomala qilishlari vojib. Shar’iy hukmlarga faqat taslim bo’lish, bahs esa shu hukm chiqqan dalilni tekshirish hususida bo’lishi kerak. Bugungi kunda musulmonlar orasida jamiyatlarning bir-birlariga ochilishi zarurligi, boshqa fikrni qabul qilish, kimning fikri bo’lsa, boshqaning fikriga ham quloq solishi, agar to’g’ri bo’lsa bu fikrni olish, agar hukm qilinsa uni qabul qilish xaqidagi tushunchalar o’rtaga tashlanmoqda. Kim bunday qilmasa, boshqa fikrlardan siqiladigan, o’z fikrlarini boshqalarga ham singdirishga urinadigan, go’yo o’zlarigina mutlaq xaqiqatga ega bo’lgandek ish tutadigan, o’z ishlarini fikriy terror turlaridan biri deb sifatlaydigan o’z fikriga o’ralib qolgan usulchi deb, tuhmat qilinadi. Ular, xususan ulamolar, bunday takliflardan ogoh bo’lishlari, ularni qabul qilmasliklari va Islomga g’ayurlik, qizg’anish bilan – chalg’itilgan shaklda – mudofaaga intilmasliklari zarur. Chunki odati bo’yicha g’arb takliflarni chalkashtiradi, haqiqatlarni xas-po’shlaydi. U aqidani bahs mavzusi etib olmaydi. Uni hayotga dahli yo’q, inson va Xoliqi orasidagi qisqa aloqa deb qaraydi. Balki u o’zining demokratik nizomini, garchi Islom isi singdirilgan, Islom bilan o’ralgan, Islom bilan kiyintirilgan bo’lsa ham, rivojlangan va tatbiq etilgan holda ko’rishni istaydi va Islom ahkomlarini aqliy asosda bahs qilishni va demokratik qolibga solishni rivojlantiradi. Holbuki Islom ahkomlarini bilgan musulmon uni bahs qilish emas, balki tatbiq qilish to’g’risida fikr qilishi kerak.

Shuning uchun musulmonlar bu ishga qattiq e’tibor berishlari, o’z dinlarini mahkam ushlashlari, hatto unga oziq tishlari bilan yopishib olishlari vojib. Chunki u haq, undan boshqasi esa zalolat:

فَمَاذَا بَعْدَ الْحَقِّ إِلاَّ الضَّلاَلُ –

„Haqiqatdan keyin faqat yo’ldan ozish bor“. q [10:32]

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.