Mursiy Obama bilan gaplashib oldi

403
0

01

Misr prezidenti Muhammad Mursiy telefon orkali Amerika prezidenti Barak Obama bilan Misrda bo’layotgan o’zgarishlar haqida gaplashib oldi. Shuningdek Qo’shma shatatlar bosh shtab boshqarmasi raisi General Martin Dempsi Misrlik hamkasbi general mayyor Sidqiy Subhiy bilan telefon muloqot o’tkazdi.

Prezident idorasi o’zining feysbok tarmog’ida yozishicha, Mursiy Obama bilan telefon suhbati chog’ida Misr tinch yo’l bilan qadam-baqadam demokratiya sari ilgarilab borayotganini bildirgan.

Mursiyning bu harakatglari zoe ketmadi. Misr prezidenti idorasiga ko’ra, AQSh prezidenti Obama Mursiyga minnatdorchilik bildirgan, ya’ni rozi bo’lgan.

AQSh idorasi qonuniy yo’l bilan saylangan Misr etakchiligi bilan hamkorlik qilishni va Misrda demokratik o’zgarishlarni qo’llab quvvatlashini bildirdi. Ayni paytda Mursiy qonun ustiga qurilgan demokratik o’zgarishlar sari qadam-baqadam borishda o’z rolini ta’kidlab o’tdi.

Shuningdek, Amerika tashqi ishlar vazirligining notig’i Patrik Ventrell “demokratik yo’l bilan saylangan prezident Mursiy Vashington nazorati ostida”, dedi.

Misrda kechayotgan hodisalar AQSh idorasi tomonidan kuzatib turilganligini hamda barcha generallar va qurolli kuchlar bilan doimiy aloqada ekanligini qo’shimcha qildi u.

Amerika mudofa’a vazirligi nomidan gapiruvchi Jorj Leytl masalani siyosiy hal qilish uchun Misr qurolli kuchlari tomonidan berilgan 48 soat muhlatni o’rganib chiqayotganini e’lon qildi. “Kelgusi 48 soat ichida bo’ladigan ishni oldindan aytishning iloji yo’q”, dedi u.

Misr armiyasi qo’mondoni dushanba kuni hukumat tarafdorlari va aksil hukumat namoyishlari ishktirokchilariga ultimatum e’lon qilib, 48 soat ichida o’zaro kelishmovchiliklarni hal qilish kerakligi, aks holda choralar ko’rilishidan ogohlantirgan edi. Muhammad Mursiy esa mamlakat Mudofa’a vazirligi tarafidan qo’yilgan ultimatumni rad etgan edi. Ultimatumning muhlati bugun tugaydi.

Ayni paytda chorshanba kuni, ya’ni bugunning o’zida Mursiy tarafdorlari va qarshi taraf o’rtasida bo’lib o’tgan to’qnashuvda 16 kishi hayotdan ko’z yumganligi va 200 kishi jarohat olganligi xabar qilinmoqda.

Turkiston:

Mursiy G’arb olamiga ko’ppakdek xizmat qildi. Lekin bu xarakatlari bari bir ularning ishonchini to’la qozonishiga olib bormadi.

Yuqorida u ilgaridan tilida aytib kelayotgan Islom, dilidan chiqqan emasligiga, u boshqaruvda to’la kufrni qo’llashi va ular tomonidan o’ziga o’zlarining bir qismi sifatida qarashga chaqirdi.

Islomni da’vo qilayotgan “ixvon muslim” jamoasi albatta buni qo’llasa, uni tarkibidagi oxirgi xolis musulmonlarning xoli nima kecharkin. Bu siyosiy o’yin deb Mursiyni to’la qo’llab kelayotgan shayx va imomlar bu xarakatlarga (ya’ni ochiq kufrga dalolat qiluvchi bayonotlarga) qanday izoh berar ekan.

Albatta u har qanday yo’l bilan bo’lsa ham boshqaruvda qolishni ko’zlaydi. Obamaning ishonch bilan gapirishi, harbiylar to’la uning nazoratida ekanligidan darak beradi. Chunki xozirgi vaziyatni ikki tomonning biriga surib yuborish harbiylarning qo’lida qolmoqda.

Obama Mursiyni olib qolib, ilmoniylar boshqarayotgan namoishga qarshi borishni, Mursiyni quvib yuborib, uni Islom olamida qahramon bo’lib qolishidan qulayroq deb bilishi mumkin. Negaki mintaqada ilmoniy mafkura deyarli mag’lub bo’lgan. Islom mafkurasi toboro o’nikib va o’z o’rni sari tezlik bilan ko’tarilib bormoqda. Afsus bu xolatni Obama ko’ra oldiyu Mursiyning xayoli faqat boshqaruvga qaratilib ko’zlari ko’r bo’lib qolibdi.

Aks xolda u shunday kuvvatni, sasib borayotgan va kelajagidan xatto kofirlarning o’zlari ham umidlarini uzib borayotgan sistemani tanlarmidi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.