Suriya shahidlari orasiga yana bir pahlavon qo’shildi

462
0

images-33

مِنْ الْمُؤْمِنِينَ رِجَالٌ صَدَقُوا مَا عَاهَدُوا اللَّهَ عَلَيْهِ فَمِنْهُمْ مَنْ قَضَى نَحْبَهُ وَمِنْهُمْ مَنْ يَنْتَظِرُ وَمَا بَدَّلُوا تَبْدِيلًا

Mo’minlardan Allohga bergan va’dalariga sodiq qolgan kishilar bordir. Bas, ulardan ba’zilari ajalini topdi. Ba’zilari esa, intizor bo’lib turibdi. Ular biror narsani almashtirmadilar.

Muborak Shom erlarida Xalifalik davlatini tiklash yo’lida uqob bayrog’ini tik ko’targan Adham Diyob Abu Qusay shahidlik sharafiga muyassar bo’ldi, insha Alloh. U da’vatni ko’tarib chiqishdek ulkan vazifani ado etayotgan chog’ida qonxo’r Asadning vahshiy askarlari tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida hayotdan ko’z yumdi.

Adham (Alloh rahmatiga olsin) malomatchining malomatidan qo’rqmasdan haqni baralla aytar va o’zi shunga amal qilardi. Damashqdagi universitetlardan birida jinoyatchi Asad rejimiga qarshi turgan birinchi yigitlardan edi. U insonlar va jamoalar bilan muttasil bog’lanib Jineva1 va Jineva2 konferentsiyalarini hamda mustamlakachi kofirlar va ularning malaylari loyihalarini rad qilishga undardi. AQSh, Rossiya va evropaning echimlarini tiqishtirayotgan kimsalardan uzoq turishga chaqirardi.

Adham Parvardigoriga yo’liqishidan avval Islomiy hayotni qayta boshlash uchun sidqi dildan faoliyat qildi. Allohning zikri uning tilidan tushmas, “Allohdan boshqaga egilmaymiz”, deya hayqirardi. Bularning barchasi Alloh Taoloning

وَعَدَ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا مِنْكُمْ وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَيَسْتَخْلِفَنَّهُم فِي الْأَرْضِ كَمَا اسْتَخْلَفَ الَّذِينَ مِنْ قَبْلِهِمْ كَمَا اسْتَخْلَفَ الَّذِينَ مِنْ قَبْلِهِمْ وَلَيُمَكِّنَنَّ لَهُمْ دِينَهُمْ الَّذِي ارْتَضَى لَهُمْ وَلَيُبَدِّلَنَّهُمْ مِنْ بَعْدِ خَوْفِهِمْ أَمْنًا يَعْبُدُونَنِي لَا يُشْرِكُونَ بِي شَيْئًا وَمَنْ كَفَرَ بَعْدَ ذَلِكَ فَأُوْلَئِكَ هُمْ الْفَاسِقُونَ

Alloh sizlardan iymon keltirib, solih amallarni qilganlarga ularni er yuzida xuddi ulardan oldin o’tganlarni xalifa qilganidek xalifa qilishni, ular uchun O’zi rozi bo’lgan dinni mustahkamlashni va ularning xavf-xatarlaridan so’ng omonlikni badal qilib berishni va’da qildi. Mengagina ibodat qilurlar va Menga hech narsani shirk keltirmaslar. Shundan keyin ham kim kufr keltirsa, bas, ana o’shalar, o’zlari fosiqlardir.

degan va’dasiga bo’lgan ishonchidan darak berardi.

Ey pahlavon, Alloh seni rahmatiga olsin. Sening Sharqiy G’utadagi da’vating insonlar haqni botildan ajratib olishlari uchun Shom qo’zg’olonini yoritgan nur bo’ldi. Alloh maqomingni ulug’ qilsin. Oila a’zolaringa va do’stlaringa sabr tilaymiz. Alloh Taolodan bizni sen bilan, seni esa yaxshi ko’rgan kishilaring bilan Naim Jannatida birga qilishni so’raymiz. Sendan ajralib qolganimiz uchun qalblarimiz g’amlarga to’ldi. Biz faqatgina Allohni rozi qiladigan so’zni aytib qolamiz:

إِنَّا لِلَّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعُونَ

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.