Erdogan momaqaldiroq kabi gumburlaydi-yu, lekin amalda hech narsa qilmaydi

176
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Erdogan momaqaldiroq kabi gumburlaydi-yu, lekin amalda hech narsa qilmaydi

Anadolu axborot agentligi (hijriy 1443 yil 6 jumodulavval, milodiy 2021 yil 10 dekabr juma kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:
“Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogan – mustahkam barqarorlik va tinchlik oʻrnatish yoʻli 1967 yilgi chegaralarda poytaxti Quddus boʻlgan mustaqil va suveren Falastin davlatini barpo etishdir, dedi.
Bu haqda u juma kuni Istanbulda Islom Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlar parlamentlari assotsiatsiyasi 16-konferentsiyasining ochilish majlisida soʻzlagan nutqida maʼlum qildi.
Erdogan Sharqiy Quddus maqomi va Aqso masjidining Quddusga mansubligi borasida Turkiya oʻz pozitsiyasini qatʼiy davom ettirishini taʼkidladi.
U “Biz Quddusni 400 yil adolat bilan boshqargan ajdodlarning avlodlari oʻlaroq, Falastinda qonlar, koʻz yoshlari va zulmlarni koʻrishni istamaymiz”, dedi.
Shuningdek, Quddusning muborak shaharligini hamda Muhammad Rosulullohdan Ummatiga omonatligini taʼkidladi.
Erdogan biz, besh asr muqaddam Ispaniyadan qochib kelgan yahudiylarga oʻz eshiklarini ochgan Ummat sifatida, eng katta maqsadimiz tinchlik va barqarorlikdir, dedi.
Uning aytishicha, tinchlik va barqarorlikka erishish yoʻli 1967 yilgi chegaralarda poytaxti Quddus boʻlgan mustaqil va suveren Falastin davlatini barpo etishdir”.

Roya:
Erdoganning ushbu harakatlari quyidagi savollarni berishga majbur qiladi:
Ey Erdogan! Sen Falastinda mujohid va shahidlar qoni bilan sugʻorilmagan bir qarich yerni ham topolmaysan. Shunday ekan, u yerdagi Rosululloh ﷺning Isro va Meʼroj oʻrinlarini va musulmonlar tarix boʻyi mudofaa qilib kelgan Aqso masjidini 80 foizi yahudiylarga beriladigan ikki davlat yechimi bilan qanday himoya qilish mumkin?! Bu narsa toʻkilgan pokiza qonlarga xiyonat emasmi?! Sen ularning avlodi ekaningdan maqtangan buyuk sultonlar zamoniga xoinlik emasmi bu?! Axir, ulardan biri sulton Abdulhamid II rohimahulloh barcha savdolashuv va avrashlarga rozi boʻlmay, ushbu muborak zaminga koʻz tikkan ochkoʻz yahudiylar oldidan barcha eshiklarni yopib tashlamadimi?!
Yahudiylarning Quddus, Aqso masjidi va Falastinning barcha shaharlarida kechayu kunduz musulmonlar qonini toʻkayotganini koʻrmayapsanmi, yoki koʻzlaringni yogʻ bosib qolganmi, quloqlaringga paxta tiqib olganmisan?! Yoki quloqlaring yahudiylarning xolokost, degan ertak va vasvasalarinigina eshitadimi?!
Biz bu gaplaringning qay biriga ishonaylik, axir, koʻrib turibmiz-ku, turk armiyasi Afgʻoniston, Liviya, Shom, Ozarbayjon, Yaman kabi yer yuzining gʻarbu sharqida kezib yurgan boʻlsa-da, ammo u yerlarda musulmonlar qonini toʻxtatib, nomuslarni himoya qilmayapti. Aksincha, Amerikaning loyiha va manfaatlariga xizmat qilyapti! Sening Falastin va uning ahlini qizgʻanaman, degan gapingga qanday ishonaylik, holbuki, armiyani Falastinni jinoyatkor va makkor yahudiylardan ozod etish sari safarbar qilmayotgan boʻlsang?!
Sening Falastin masalasi faqat mard falastinliklarning masalasi emas, balki u barcha musulmonlarning masalasi, degan gapingga kelsak, bu haq gap! Biz shu gapingni tilinga bogʻlab, javobgarlikni boʻyningga ilamiz. Zero, ushbu haqiqat barcha musulmonlarni sen va senga oʻxshagan hukmdorlarning Falastin masalasiga xoinlik qilib, unga qarshi til biriktirayotganingni tushunib yetishga olib keladi, shuningdek, ushbu muborak zaminni ozod etish hamda Aqso masjidi va muqaddas dargohlarni yahudiylar iflosligidan tozalash sari armiyalarning harakatga kelishlari uchun ularga bosim oʻtkazishga buyuradi. Faqat shundagina Paygʻambarlikning sharafli omonatlarini asrash mumkin. Shundagina biz Ummatni shon-shuhrat choʻqqisiga olib chiqqan solihlar va buyuk yetakchilarning avlodi ekanligimiz bilan faxrlansak arziydi. Zero, bu – Allohning izni ila – yaqinlashib kelayotgan Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik soyasida amalga oshajak.

Roya gazetasining 2021 yil 15 dekabr chorshanba kungi 369-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.