Xitoyning Uyg’ur avtonomiyasidagi qo’zg’olonda 27 kishi xalok bo’ldi.

610
0

00

Chorshanba kuni ertalab Xitoyning Sintszyan-Uyg’ur avtonomiyasining Luktsun shaxrida sovuq qurollar bilan qurollangan bir necha guruh kishilar politsiya uchastkalariga, mahalliy ma’muriy boshqarma binosiga hujum qila boshlashgan. Ular politsiya mashinalarining bir nechtasini yoqib yuborishgan. Guruhlarga qarshi politsiya o’q otuvchi qurollar qo’llagan. Hujumlar natijasida 27 kishi qurbon bo’lgan, shu jumladan 9 politsiyachi o’ldirilgan.

Aholisining yarmi musulmon-uyg’urlar bo’lgan Sintszyan-Uyg’ur avtonomiyasi musulmonlarini Xitoy hukumati ko’p yillardan beri siquvga olib, ularning haq-huquqlarini poymol kilib keladi. Shu sababdan avtonomiyada tez-tez qo’zg’olonlar bo’lib turadi. Oxirgi katta qo’zg’olon 2009 yili Urumchida bo’lgan. Unda tahminan 200 kishi o’lgan. O’lganlarning deyarli hammasi xantsuy-xitoylar edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.