QR Jokorku Keneshining diniy tashkilotlarga soliqlar xususidagi yig’ilishi bo’lib o’tdi.

479
0

0_67366_d7bec044_XL

Jogorku Keneshning iqtisod va moliya siyosati qo’mitasi 25 iyun kuni bo’lib o’tgan o’zining yig’ilishida «Qirg’iziston Respublikasining Soliqlar Kodeksiga qo’shimchalar kiritish haqidagi» qonun loihasini qarab chiqdi.

Loiha tashabbuskorlaridan biri, deputat Elmira Djumalievaning yig’ilishda aytgan so’zlariga ko’ra, mazkur loiha soliqqa oid qonular majmuining diniy tashkilotlarga qo’yiluvchi soliqlar haqidagi qismida qolib ketgan bo’shliqni to’ldiradi va Qirg’iziston Respublikasining amaldagi qonunchiligining e’tiqod erkinligi hamda diniy tashkilotlar haqidagi ko’rsatmalarini tatbiq qilishlikka qaratilgan.

Qirg’iziston Respublikasi Konstitutsiyasining 161 moddasi diniy tashkilotlarni notijorat tashkilotlar qatoriga kiritadi va ularga tashkil topishlikdan ko’zlangan maqsadlariga erishishlik uchun ishlab chiqarish hamda yana boshqa xo’jalik faoliyatlari bilan shug’ullanishlik huquqini beradi.

“Iqtisodiy vujud sifatida aqcha xisobidagi o’zining mu’ayyan byudjetiga ega bo’lmagan diniy tashkilot mavjudligini saqlab turolmaydi. Qirg’iziston Respublikasi qonunchiligida aytilgan: «Davlat diniy tashkilotlar faolitini mablag’ bilan ta’minlamaganday, dahriylikka targ’ibot qiluvchilarning ham faoliyatini ta’minlamaydi». Shu sabab ham davlat hamda jamiyat diniy tashkilotlarning faoliyati o’zini-o’zi moliyaviy ta’minlash asosida bo’lishligida manfaatdordir. Boshqa notijorat tashkilotlardan farqli o’laroq, diniy tashkilotlar nafaqat davlat tarafidan kelib tushuvchi, hatto boshqa turdagi ham kafolatlangan ta’minotga ega emas, ya’ni a’zolik va boshlang’ich badallar, mu’ayyan maqsad uchun ajratilgan mablag’, grand”, – ma’lum qildi deputat.

Diniy tashkilotlarning asosiy ta’minot manbalari turli diniy marosimlarda dindorlar tarafidan hamda dinga oid narsalarni sotishlikdan, shuningdek fuqarolarning pul yoki narsa sifatidagi ixtiyoriy qurbonliklaridan kelib tushayotgan mablag’lar bo’lib qolmoqda. Qonun loihasida quyidagilar taklif kilinadi:

– Qirg’iziston Respublikasi Soliqlar Kodeksinig tushunchalari asosiga “diniy tashkilot” va “diniy faoliyat” iboralarini kiritish.

– Qirg’iziston Respublikasi Soliqlar Kodeksinig 189 moddasiga quyidagi soliqdan ozod kirimlarni qo’shib qo’yish:

– aynan tayin qilingan maqsadda ishlatish sharti bilan diniy tashkilotga ixtiyoran qilingan qurbonlik (qoldirilgan meros);

– diniy tashkilotlarning diniy faoliyatdan kelib tushgan kirimlari.

“Mazkur zaruratdan maqsad, birinchidan, qurbonlik qilingan mol-mulkni tayin qilingan maqsaddan tashqari ishlatish yoki shu maqsadni o’zgartirish qurbonlik qilganga, uning merosxo’rlariga yoki huquq berilgan boshqa shaxsga qurbonlikni bekor qilish huquqini beradi. Ikkinchidan, qurbonlik qilingan (meros qoldirilgan) mol-mulk shuningdek pul turidagi kirimlar agar diniy tashkilot tarafidan tayin qilingan maqsaddan tashqari, nizomiy maqsadlarda emas ishlatiladigan bo’lsa, u holda bu kirimlar faoliyatdan tashqari kirimlar xisoblanadi”, – ma’lum qilishadi loiha tashabbuskorlari.

Bundan tashqari Soliqlar kodeksining yana bir nechta moddasiga qo’shimchalar kiritildi. Loiha Qo’mita a’zolari tarafidan to’lig’incha bir ovozdan ma’qullandi.

Loiha tashabbuskorlari, deputatlar: E. Djumalieva, T. Bakir uulu, T. Baltabaev, T. Zulpukarov, T. Madilbekov, N. Nikitenko, A. Rejavaliev, A. Sasiqbaev, G. Sadirbaev, O’. Tekebaev, M. Tilenchieva, R. To’lo’go’nov, Q. Tumanov.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.