“Suriyaning do’stlari” yig’ilish o’tkazdi

439
0

0

AQSh, Britaniya, Misr, Frantsiya, Germaniya, Italiya, Iordaniya, Qatar, Saudiya arabistoni, Turkiya va Birlashgan Arab Amirligining tashqi ishlar vazirlari Qatar poytaxti Doxada yig’ilish o’tkazdi.

Bu davlatlar o’zlarini o’zlari “Suriyaning do’stlari”, deb nomlab olishgan. Yig’ilishda Suriya rejimiga qarshi kurashayotgan inqilobchilarga qurol yaroq etkazib berish muhokama qilinib, isyonchilarni qurollantirishga chaqirildi.

O’tgan hafta Vashington Suriya muxolifatiga qurol yaroq etkazib berishga tayyorligini bildirgan edi. Yevropa ittifoqi esa Suriyaga qurol olib kirish embargosini bekor qildi.

Kuni kecha o’tgan Katta sakkizlik sammitining xulosasidaRossiya prezidenti vladimir Putinning fikri ham qabul qilingani bildirilgan edi. Bugunga kelib Putinning hech kim emasligi bilinib qoldi. Mana xozir “Rossiya fikrini e’tiborga olindi” degano’sha o’yinchilar o’z malaylari bilan o’yinni davom ettirishmoqda.

AQSh Suriyadagi isyonchilarga “bevosita harbiy yordam ” berishiniaytishi Qatar Bosh Vaziri Hamad bin Yassim Jobir as-Soniyga quvvat bag’ishladi. U isyonchilarni “qurollantirish tinchlikka erishishning yagona yo’li” ekanini aytib chiqdi. Shuningdek Qatar bosh vaziri BMT Xavfsizlik kengashida kelishuvga erishilmagani ularning oldinga qadam tashlashiga to’siq bo’la olmasligini aytgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.