S. Lavrov: Biz kimga qarshi kurash olib borayotganimizni tushunishimiz kerak.

431
0

0001

G’arbning suriya muxolifatiga qurol etkazib berishligi noqonuniy hamda xatarlidir, bayon qildi Rossiya tashqi ishlar ministri Sergey Lavrov “Blumberg” va AR ma’lumot agentliklariga bergan intervyusida. “Mintaqaga turli yo’llar bilan qurol kirib kelyapti va agar muxolifatning qanday qurol ishlatayotganiga qaralsa, G’arb, shu jumladan AQSh, katta miqdorda qurol etkazib berayotgani ma’lum bo’ladi. Bu qurollar noqonuniy etkazib kelinmoqda”, – takidladi Lavrov.

“Yashirin holda qurol etkazib berish davom etmoqda, bu esa o’ta xavflidir, chunki muxolifatning etakchi guruhlari – bular ekstremistlardir”, – qo’shib qo’ydi u.

“Amerikaliklar Iordaniyada harbiy mashqlardan so’ng «Petriotlarini» hamda F-16 qiruvchi uchoqlarini qoldirishmoqda, “bunday qilmanglar” deb esa ularga hech kim aytmayapti. Mintaqa qurolga to’lib bo’lgan. Ular orasida mintaqa mamlakatlariga avval etkazib kelingan hujumkorlari ham bor va bu qrollarning ba’zilari Suriyaga kirib kelyapti”, – dedi Lavrov.

“S-300 xususidagi shartnomaga kelsak, u mutlaqo qonuniy va tiniqdir va u xalqaro qoidaga hamda Rossiya qonunchiligiga mos keladi, – aniqlik kirgizdi Lavrov muxbirlar savoliga javob bera turib. – Shartnoma tatbig’i xali nihoyasiga etgani yo’q”.

Rossiyalik ministr G’arbni, rejimlarni saralab va ularga qarshi kurashish o’rniga terrorizmga va ekstremizmga qarshi turishlikka chaqirdi. “Muammolarga jamoiy yondashishlik zarur va kim bilan kurashayotganimizni tushunish kerak: bizga yoqqan rejimlarga, hatto ular demokratiyalashmagan bo’lsa ham, tegmasdan, yoqmaganlari bilan kurashmoqdamizmi yoki biz terrorchilar va ekstremistlar bilan kurash olib bormoqdamizmi”, – dedi u. “Harakatlarimizni muvofiqlashtirishimiz zarur. Umumiy manfaatlardan kelib chiqqan holda xarakat qilishimiz kerak, shaxsiy manfaatlardan emas”, – qayd qildi Lavrov.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.