Islom ulamolari kengashi fatvo chiqardi

631
0

0,,4085903_4,00

13 iyunda Misr poytaxti Qohirada Islom ulamolari kengashi yig’ilish o’tkazib Suriya rejimiga qarshi jihod qilish farz deya fatvo chiqardi. “Hechdan ko’ra kech” deganlaridek, Suriya hodisasi boshlanganiga ikki yarim yil o’tib, nihoyat Islom ulamolari bir ko’rinish berdi. Ammo kengashda chiqarilgan qarorlarni yaxshilab tinglagan kishiga fatvodagi mujmalliklar yaqqol ko’rinadi va tabiiy ravishda bir necha savol tug’iladi.

1) Suriyalik birodarlarimizga yordam qo’lini cho’zish uchun molu-joni bilan, qurol aslahalari bilan va jihod uchun zarur bo’ladigan barcha narsalar bilan jihodga qatnashish farz. (Fatvodan)

Savol: jihod qilish kimlarga farz. Misrgami, Saudiyagami, Iordaniyagami, Erongami, Pokistongami, Indoneziyagami, qaysi biriga yoki hammasigami? Ular uchun armiyani safarbar qilish vojibmi yoki vojib emasmi? Kimga qarshi, Bashar Asadgami, Amerikagami, Angliyagami, Rossiyagami yoki hammasigami?

2) Hizbulloh, Eron, Rossiya, Xitoy, shunigdek Bashar Asadga yordam berayotgan boshqa guruhlar hamkorligida Suriyada amalga oshirilayotgan voqealar ularning Islom va musulmonlarga qarshi urush ochishi deb hisoblanadi.(Fatvodan)

Savol: Nima үchүn dushmanlar tizmasida Amerika, Angliya, Frantsiyaning nomi tilga olinmagan?to’g’ri, Rossiya va Xitoy davlatlari urush holatidagi ahli harb ekanligi aniq. Biroq nima uchun ularning ortida turgan “buyurtmachilari” sir tutiladi? Hizbulloh ham Suriyadagi urushni sunniylar bilan shiyalar o’rtasidagi urush qilib ko’rsatishga urinishi bilan kofirlarga xizmat qilib berayotgani hech kimga sir emas, ammo nima uchun ularning ortida turgandar Islom va Musulmonlarning haqiqiy dushmanlari ekanligi tilga olinmaydi?

3) Barcha musulmonlar orasidagi, xususan Suriya inqilobchilari orasidagi kelishmovchiliklar chetga surilib, xos manfa’tdan umumiy manfaat ustun ko’rilsin.(Fatvodan)

Savol: Juda soz, Suriya inqilobchilari kelishmovchiliklarni chetga uloqtirishsin, ammo ular birlashib qaysi loyihani ishga oshirishlari kerak? Ulamolar umumiy manfaat deganda nimani nazarda tutishmoqda? Nima uchun shariat belgilagan manfaat deyilmagan fatvoda?

4) Ulamolar arab davlatlaridan, Islomiy harakatlardan va Arab davlatlari ligasidan quyidagilarni talab qiladi: Suriya rejimiga qarshi qat’iy pozitsiyada turish, Suriya xalqiga moddiy va ma’naviy yordam ko’rsatish, Rossiya va Xitoyga qarshi qattiq pozitsiyani egallash.(Fatvodan)

Savol: ulamolar nima uchun ummatning bo’linishiga sabab bo’lib turgan yasalma davlatchalarni birlashtirishni, Kofirlar tomonidan tuzilgan “Arab davlatlari ligasi” va “Islomiy o’lkalar birdamligi” kabi uyushmalarni yo’q qilishni, Nafaqat Rossiya va Xitoy, balki BMT boshchiligidagi butun mustamlakachi kofir davlatlarga qarshi chiqishni talab qilmaydi?

5) Bashar Asadni dastaklagan davlatlar, xususan Eronning tovar va tashkilotlarini baykot qiluvchi umum xalq harakatining muhimligini belgilab o’tgan holda, Suriya rejimiga qarshi siyosiy, iqtisodiy va diplomatik baykot e’lon qilishni talab qilamiz.(Fatvodan)

Savol: katta sakkizlik davlatlariga ham baykot e’lon qilinadimi, Isroilgachi? 6) Ommaviy axborot vositalari, yozuvchilar va jurnalistlarni Suriyada kechayotgan hodisalarni – qirg’inlar va inson huquqlari poymol qilinishi borasida faqat haqiqatni tarqatishga chaqiramiz.(Fatvodan)

Savol: mana shu to’kilayotgan qonlarni va paymol qilinayotgan huquqlarni haqiqiy javobgari mustamlakachi kofirlar va ularga malay bo’lgan hokimlar ekanligi haqida haqiqatlarning tarqatilishi nima uchun talab qilinmayapti?

7) Suriya armiyasining diqqatiga: Suriya xalqining qoni sizlar uchun harom. Shuningdek, BMT va xavfsizlik kengashiga ham ular Suriyada bo’layotgan ishlardan javobgar ekanligini eslatib o’tamiz.(Fatvodan)

Savol: to’g’ri musulmonning qoni musulmonga harom, biroq nima uchun bu askarlar Xalifalikni tiklash uchun Nusrat egalari bo’lishga chorlanmaydi. Nima uchun BMT va xavfsizlik kengashiga murojaat qilish va ularning musulmonlar ishiga aralashishi hromligi aytilib, ularni tag-tomiri bilan qo’porib tashlashga chaqirilmaydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.