Bugun «Tolibon» harakati Afg’oniston hukumati bilan tinchlik muzokaralarini qayta yo’lga qo’yish maqsadida Qatar poytaxti Doxada o’zining vakolatxonasini ochadi. Bu haqda Doxadagi siyosiy manbalarga tayangan holda, «Al-Jazira» telekanali ma’lum qiladi.
Ular bergan ma’lumotlarga ko’ra, toliblar idorasining faoliyati 12 yildan buyon davom etib kelayotgan urushga barham beruvchi tinchlik muzokaralarga yo’l ochish uchun faqat siyosiy yo’nalishda bo’ladi.
2001 yili «Tolibon» boshqaruvdan ketdi, biroq NATO mamlakatlariga qarshi uzoq yillar davom etib kelayotgan harbiy amaliyotlarda u o’zining yashovchan quvvatini namoyon qila oldi. Xozir Afg’oniston hukumati namoyondalarining «Tolibon» bilan to’g’ridan to’g’ri aloqalari yo’q. Aprel oyining boshlarida Afg’oniston prezidenti Homid Karzay, qo’zg’olonchilar va AQSh kun sayin muzokaralar olib bormoqda, deb bayonot bergan, biroq harakat vakili, aloqalar bir yil avval uzilgani holida haligacha tiklanmaganini aytib, bu bayonotni rad etgan.
AQSh va Afg’oniston avval ham, «Tolibon» bilan yarashishlikka tayyorligi haqida va agar u qurolli kurashdan va terrorchilik amaliyotlardan voz kechsa, kelajakda afg’on erida davlatchilikni tiklashdagi siyosiy jarayonda ishtirok etishligi mumkinligi haqida bir necha marotabalab bayonot bergan. 2014 yilda mamlakatdan o’z qo’shinlarini olib chiqib ketishlikni rejalashtirayotgan Vashington hamda afg’on hukumati harakatning mo”tadil etakchilari bilan kelishishlikka 2011 yildan buyon urinib kelmoqda, biroq ularning say-harakatlari shu kungacha hech qanday natija bermadi. Bunga asosiy sabablardan biri – toliblarning Qobuldagi hukumatni, ular Amerikaning qo’g’irchoqlari, deb tan olmasliklaridir.
Avvalroq amerika idorasi ham, Qatarda «Tolibon» vakolatxonasining ochilishligi haqidagi fikrni, tinchlik yo’li bilan hal qilish jarayonining boshlanishi sifatida ko’rishini aytib, ma’qullagan. Bu orada Karzay, AQSh va NATO kuchlarining mamlakat xavfsizligi sohasidagi vakolatchiligini afg’on kuch strukturalariga topshirish marosimida nutq so’zlar ekan, Qobul yaqin kunlarda, toliblar bilan muzokaralar o’tkazishlari uchun, Doxaga tinchlik ishlari bo’yicha Oliy Kengash vakillarini jo’natishligini bayon qildi.