Istambulda ayollar konferentsiyasi

431
0

OLYMPUS DIGITAL CAMERA

Turkiyaning Istambul shahrida muslima ayollar tomonidan “Islom ummatining ayollari faryod etmoqda, eshitayapsizmi”, deya nomlangan konferentsiya bo’lib o’tdi.

Qur’on tilovatidan so’ng so’zga chiqqan Nejla Patan ayol kishining islomda tutgan mavqeyi, uni omonat sifatida qo’riqlash musulmon erkaklarning zimmasida vojibligi va ayollar doimo ayoqlari ostida jannat bo’lgan ona sifatida e’zozlanishi haqida qisqacha so’z yuritdi.Butun insoniyat tarixi bo’yi ayolga past nazarda qaralgani, haq-huquqlari poymol qilingani, faqat jinsiy munosabatda foydalaniladigan tovar sifatida ko’rilgani, faqatgina Islom ayollarni nomus darajasiga ko’tarib aziz qilganini aytib o’tdi.

Shuningdek Nejla Patan xalifalik davlati hukm surgan davrda ayollar qanday qadr qimmatga ega bo’lganligi, biroq Xalifalik davlati qulatilgach ummat ayollari zulmning har turlisini boshidan kechirgani va kechirayotgani tilga olib o’tdi. U demokratiya ayollar boshiga solgan kulfatlarni birma-bir sanab o’tar ekan, “hozirgi aytganlarim demokratiya hukm surayotgan tinch davlatlardagi holatdir. Ammo Suriya, Iroq, Afg’oniston, Somali va Falastin kabi davlatlardagi ayollarni ahvoli o’ta dahshatli. Minglagan muslima ayollarning nomuslariga tajovuz qilinayotgani va o’ldirilayotgani, Somalidan qochib o’tgan ayollar Keniya harbiylari tomonidan tajovuzga uchrayotgani kishini larzaga soladi. Xo’sh, muslimalarni bundan kim qutqaradi, ayollar huqulari deya ko’chalarda jar solayotgan Feminist guruhlarmi?” deya savolni o’rtaga tashladi.

Ikkinchi so’zga chiqqan Robiya Uyg’un Turkiya davlatining Suriya masalasiga etarlicha e’tibor qaratmayotganini tanqid ostiga oldi. Robiya Uyg’un “bugungi kundagi bizning vazifamiz Suriyada bo’layotgan fitnalarni yaxshi anglab, uni butun dunyoga oshkor qilish, Islom ummatini avvalgi etakchilik maqomiga qaytaradigan Xalifalik davlatini tiklash uchun bor kuchimizni sarflashdir”, deya so’zini tamomladi

Soliha Jo’shqinning duosi bilan konferentsiyaga yakun yasaldi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.