Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron yakshanba kuni Londonda suriya masalasi bo’yicha Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi.
Ma’lumki, Rossiya Suriya prezidenti Bashar Assad hukumatini qo’llab keladi, Buyuk Britaniya esa o’zini Assadga qarshi kurashayotgan muxolifat tomonida qilib ko’rsatadi.
O’zaro uchrashuvdan so’ng o’tkazilgan matbuot anjumani chog’ida Kemeron – Suriya borasida Rossiyaga qarshi pozitsiyani egallab turgan bo’lishiga qaramay – Britaniya u bilan bir yoqadan bosh chiqarib Suriyadagi ixtiloflarni bartaraf etishda qodir ekanini bildirdi.
Rossiya prezidenti esa Suriya rejimiga qurol-aslaha etkazib berayotganini ochiq tan olib, bu xalqaro huquq me’yorlariga muvofiq ravishda amalga oshirilayotganini bildirdi.
Ayni paytda Amerika Assadga qarshi kurashayotgan kuchlarni qurollantirishga qaror qilganligini bildirmoqda.
Suriyada isyon boshlanganidan buyon G’arbda deyarli barcha sharhlovchilardan Asad hokimiyati mana bugun qulaydi, ertaga yo’q bo’ladi, degan bashoratlarni eshitib kelayotgan edik. Oradan qariyb ikki-yarim yil o’tdi, bugun bu haqda ishonch bilan gapirish qiyin – deydi siyosatshunos Jon Alterman.
Turkiston:
Kufr etakchi davlatlari, Asadga o’xshaganlar qo’li bilan o’z manfa’tlari yo’lida, millionlagan insonlarning umrlariga zomin bo’lishadi.
Islomni mabda’ (sistema) sifatida shakllanib kelayotgani ularni qo’rqitadi. Shundan ba’zi bir xolatlarda birlashishga va shu yo’nalishda ba’zi birlari tomonidan inson zoti ko’tara olmaydigan darajadagi vaxshiyliklar uyushtirilayotganiga ham sukut qilishadi.
Lekin o’rtalaridagi o’ljalarga bo’lgan munosabatlar bor, ya’ni denyoda BMT yordamida ushlab kelinayotgan muvozanat, shu yo’lda ularning har biri o’z manfa’tlaridan kelib chiqib xatto bir birlariga qarshi xarakatlar olib borishadi. Insha Alloh manashu xasisliklari ularni yaqin kelajakda parokandalikka olib boradi.
Ammo xozirgi kunda, bu manfaatlarini biz musulmonlarning qonlarimiz bilan himoya qilib kelishadi. Bir tomonda Rossiya Asadni qurollantirsa, ikkinchi tomonni Amerika. Dunyo hamjamiyati esa AQSh boshchiligida, qo’ldan boy berilgan vaziyatni Islomiylashib borishini ortga surish uchun kuchlar muvozanatini saqlab turishga xarakat qiladi. Ummat mana shu xaqiqatlarni anglab etib, islomiy jamiyatni barpo qilish sari bir tan bo’lib xarakatlanishimiz lozimligiga ittifoq qilmas ekanmiz, yuqoridagi Rossiya va Britaniya kabilar bizlarni o’sha siyosiy zaif nuqtalarimizni o’rganib ulardan o’zlarining iflos manfa’tlari yo’lida qay darajada foydalanish mumkinligini o’rganish uchun to’planishadi.
Negaki xozirgi vaziyatda ular bizlardan bizning ichimizdagi, o’zlari uzoq yillar mobaynida zaxarlab kelayotgan mafkuraviy ta’lim siyosati oqibatida kelib chiqqan manqurtlardan foydalanib kelishadi. Lekin demokratiyaga asoslangan kapitalistik sistema qulash arafasida. Shu kun kelganida, yoki yaqinlashganida kufr maydonga o’zi chiqishga majbur bo’ladi. Chunki bizlarning siyratga muvofiq olib borilayotgan da’vat sistemamiz, ular foydalanishi mumkin bo’lgan sharoitlarning barchasini jamiyatdan surib chiqaradi.
Angliyaning Rossiya bilan muammosini gaplashganiga kelsak, bular xozirda biror narsani o’zgartirishga qodir emas. Faqat bu AQShning rejasi qaerga borib to’xtashi mumkinligi, uning oqibatlari Yevropa davlatlariga qanchalik xavf tug’dirishi mumkinligi xaqida gaplashdi. Chunki urush Suriya chegaralaridan tashqariga o’tib ketish arafasida turibdi. Bu esa ularning mustamlakalari bo’lgan davlatlariga xam xavf soladi. Vaxima esa, Angliya Yevropa bilan birga AQShga ishonib, Rossiya bilan neft va gaz soxasida biroz sovuq munosabatlarga o’tib olgan edi. Yaqin Sharqdagi urush, neft tanqisligini ham keltirib chiqarishi mumkin bo’lsa, Angliyada biroz muammolar paydo bo’lishi mumkin.