Turkiya hukumatining muxolifatga yon berish niyati yo’q.

292
0

1

Turkiya hukumati boshchisi Toyip Erdug’on muxolifat kuchlariga yon bermoqchi emas. Bu narsa uning juma kuni Istambulda “Mushtarak kelajakni barpo qilish: Turkiya – YeI” shiori ostida ochilgan xalqaro konferentsiyada qilgan chiqishidan ayon bo’ldi.

Erdug’on konferentsiya o’tishligi kutilayotgan Swiss-Hotel mexmonxonasiga aynan belgilangan vaqtga etib keldi. U butun vujudi bilan o’ziga bo’lgan qat’iy ishonchni ifodalab turardi. Erdug’onning bunday yaxshi kayfitiga arafada, safardan qaytishda, aeroportda o’nlab minglagan uning tarafdorlari tomonidan ko’rsatilgan iltifoti sabab bo’lgan bo’lsa ajab emas.

Biroq, konferentsiya, YevroIttifoqning Turkiyadagi doimiy vakili tinch namoishchilar qo’pol ravishda tarqatib yuborilganlikdan Tashkilot norozi ekanligini bayon qilishidan boshlandi.

Erdug’on ham minbarga chiqiboq YevroIttifoqni tanqid qila boshladi. Uning fikriga ko’ra, YevroIttifoq har hil baxonalar bilan Turkiyani Ittifoq tarkibiga qo’shib olish ishlarini ataylab paysalga solib kelmoqda.

Zalga yig’ilganlar hukumat boshchisidan mamlakatda oxirgi kunlarda ro’y bergan xodisalar haqida eshitishlikni xohlashgan edi, albatta. Erdug’on bu mavzuni ham, o’zining hujumkor mavqeidan turib, yoritib berdi

U o’zining demokratiya tamoillari tarafdori ekanligini bir necha marotabalab qayd qilgach, hukumatning namoishchilar bosimlariga yon berish niyati yo’q ekanligini anglatdi. Uning his-tuyg’uga to’lib toshgan nutqida ro’y bergan xodisa xususida o’zini aybdor sezish yoki afsuslanishlik degan narsaning o’zi yo’q edi. U norozilik aktsiyalarini tartibbuzarlik qatori ko’rishligini va bu namoishlar qatnashchilarining talablari bilan xisoblashib o’tirmasligining tushunchasini berdi. Bir narsadan voz kechishi mumkin – o’sha kesilgan daraxtlar o’rnida savdo markazi bino qilishlikdan. Ya’ni, daraxtlar albatta kesiladi, lekin o’rniga nima quriladi – xali aniq emas.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.