Erdo’g’on hujumga o’tmoqda.

322
0

images (34)

Turkiya premer-ministri Toyip Erdug’on yakshanba kuni Anqarada, ko’pminglik mitingda nutq so’zlar ekan, o’z tarafdorlarini hukumatga qarshi noroziliklar to’lqiniga javoban hokimiyatdagi partiyani qo’llab quvvatlagan miqyosli namoishlar o’tkazishlikka, shuningdek, bo’lg’uvchi saylovlarda shu partiya uchun ovoz berishlikka chaqirdi.

Mitinga yig’ilganlar o’z etakchilarining so’zlarini hurmat bilan tinglar va “Bizlar sen uchun o’limga ham tayyormiz” deb xayqirar edilar. “Men juda baxtliman, – deydi aktsiya qatnashchilaridan bir ayol. – Men bu erda uch soat kutib turdim, biroq, kerak bo’lsa bir sutka kutishga ham tayyorman. Faqat uni ko’rsamgina bo’ldi”.

Shu vaqtning o’zida, poytaxtning Qiziloy maydonida namoishga yig’ilgan minglagan xalq Erdug’onning hokimiyatdan ketishligini talab qilmoqda edi. Ular uni mamlakatni islomiylashtirishlikda, avtoritar boshqaruvchilikda va norozilik namoishlarini shafqatsizlik bilan bostirishlikda ayblashmoqda edi. Ayniqsa, namoishchilar g’azabini keltirgan narsa, Erdug’onning ularni “qaroqchilar” va “ichkilikbozlar” deb haqorat qilganligi bo’ldi.

Hukumatga qarshi mitingni politsiya suv otuvchi moslamalar va ko’zdan yosh oqizuvchi gaz yordamida tarqatib yubordi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.