Turkiyada davom etayotgan namoyishlar arab bahoriga o’xshamaydi

492
0

абдуллах гул

Turkiya prezidenti Abdulloh Gul Turkiyada notinchliklarning davom etishiga nisbatan xavotir bildirib, “Turkiyada yuz bergan so’nggi voqealar arab diyorlarida yuz bergan hodisalarga o’xshamaydi”, deb bayonot berdi.

Turkiyada chop etiladigan “Zamon” gazetasining internet sayti tarqatgan xabarga ko’ra, Turkiyaning adliya advokatlari uyushmasi Anqara shahrida prezident Abdulloh Gul bilan uchrashib, namoyishchilarga qarshi politsiya haddan ortiq kuch qo’llaganidan norozi ekanliklarini izhor etib, bu notinchliklarni to’xtatish uchun o’zlarining takliflarini bayon qilishdi.

Abdulloh Gul ham bu uchrashuvdan so’ng Turkiyada yuz berayotgan notinchliklar Amerika, Angliya va Ispaniya kabi mamlakatlarda ham yuz berayotganini eslatib, aslo arab bahoriga o’xshamasligini iddao qildi.

Shuningdek Abdulloh Gul xalqga qarshi bosimlarni kuchaytirishga harakat qilish doimiy ravishda keskinliklarni kengayib borishiga sababchi bo’ladi deb izohladi. Ayni paytda Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyib Erdo’g’on mamlakatni qamrab olgan aksilhukumat namoyishlarini tezlikda to’xtatishni talab qilmoqda.

Turmush o’rtog’i va vazirlari bilan birga omma oldida ko’ringan Erdo’g’on yig’ilganlarga qarata namoyishlar qonun doirasidan chiqib, vandalizm ko’rinishini olganini aytgan.

Turkiya Bosh vaziri jurnalistlar bilan suhbatda “namoyishchilarning orasida terrorizmga aloqador ekstremistlar aralashib yuribdi”, deb ta’kidlagan. Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyyib Erdo’g’onning namoyishlarni tezlikda to’xtatish haqidagi talablariga qaramay, minglab odam Istanbulning Taqsim maydonida qolmoqda.

Yevropa Ittifoqining martabali rasmiysi Turkiya hukumatini Istanbul va Ankara shaharlarida namoyishchilarga nisbatan haddan ziyod kuch qo’llagan politsiyachilarni jazolashga chaqirdi. O’z navbatida Turkiya bosh vaziri Rajab Toyyib Erdo’g’on Yevropani ikkiyuzlamachilikda ayblamoqda.

– Yevropaning istagan mamlakatida kimki davlat qurilish loyihasiga qarshi bunaqa qutirgan ko’rinishda namoyish qilsa, bundan ham battar shaklda javob qaytarilgan bo’lar edi, menga ishonavering, – dedi Erdo’g’on.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.