Eronda Prezidentlik saylovi oldidan norozilik kuchaymoqda. Saylov14-iyunga belgilangan. Internet tarmoqlarida keng tarqalgan ma’lumotlarga ko’ra, hokimiyatga va u bilan hamkor bo’lgan diniy etakchilarga nisbatan norozilik to’lkini yuzaga kelgan. YouTube saytiga qo’yilgan videoda o’n minglagan kishilar ko’chalarga chiqib “Diktatorga o’lim” degan hayqiriqlar va turli plakatlar orqali o’z noroziliklarini ifoda etganligi aks etttirilgan. Norozilardan bir qanchasi kuch organlari tomonidan qamoqqa olindi.
Mitinga chiqqanlardan biri “G’arb bilan muomalalarimizni o’zgartirishimiz lozim”, degan fikrni bildirdi.
Oddiy xalq oylik maoshning kamligi, kommunal to’lovlar va oziq ovqat narxlarini qimmatlashib borishidan norozi.
Eslatib o’tsak, 2009 yil preziden saylovida ommaviy qarshiliklar yuz bergan edi. O’shanda amaldorlar kuch ishlatish orqali hokimiyatni qo’lda ushlab qolgan edi.